Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

Mourinyo: «Men xato qildim»

Mourinyo: «Men xato qildim»

Baho:
+ | -1

Ertaga «Roma» Konferensiya ligasi doirasida o‘z maydonida «Bodo-Glimt»ga qarshi o‘ynaydi. Ikki hafta oldin jamoalar Norvegiyada to‘qnash kelishgan va Joze Mourinyo shogirdlari 1:6 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Bugun bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida portugaliyalik murabbiy o‘sha o‘yinni esladi.

«O‘shanda hammamiz xato qilganmiz. Men kimdir noto‘g‘ri ish qilgan deb aytmoqchi emasman. Biz jamoa bo‘lib mag‘lub bo‘ldik, ertaga esa jamoa bo‘lib g‘alaba qozonishni istaymiz.

Ertangi o‘yinda biz boshqacha tarkibga ega bo‘lishimiz aniq. Birinchi o‘yinda men hamma narsadan qo‘rqdim: maydon, charchoq va hokazo. Men xato qildim, hammamiz xato qildik», - dedi Mourinyo.

Eslatib o‘tamiz, Norvegiyadagi 1:6 hisobidagi mag‘lubiyat Joze Mourinyo uchun faoliyatidagi eng yirik mag‘lubiyat bo‘ldi.

Kiritildi: 19:32, 03.11.2021.
O'qildi: 14083 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик