Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

Feyk xabar! «Roma» Azmunga qiziqish bildirmagan

Feyk xabar! «Roma» Azmunga qiziqish bildirmagan

Baho:
+ | -

«Roma» sport direktori Tiago Pinto Rim klubining «Zenit» hujumchisi Serdar Azmunga qiziqishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

«Albatta, skautlarimiz Chempionlar ligasi o‘yinlariga muntazam tashrif buyurishadi. Ammo «Roma» Azmunga qiziqish bildirmayapti, bu noto‘g‘ri ma’lumot», - deya Tiago Pintoning so‘zlarini keltiradi Sport24 nashri.  

Eslatib o‘tamiz, Serdar Azmun RPLning joriy mavsumida «Zenit» safida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi, 4 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portali eronlik futbolchining transfer narxini 25 million yevroga baholamoqda.Avvalroq Azmun Qozonning «Rubin» va «Rostov» klubi sharafini himoya qilgandi.

Eronlik forvardga «Napoli», «Lasio», «Lion», «Inter», «Yuventus», «Fenerbaxche», «Vilyarreal» va «Bayer» ham qiziqish bildirgan.

Kiritildi: 14:18, 04.11.2021.
O'qildi: 1990 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик