Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/08 19:00 Neftchi 3-0 So‘g‘diyona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Buxoro

Rodri nega "Barselona"ni tanlaganini aytdi

Rodri nega "Barselona"ni tanlaganini aytdi

Baho:
+ | -

"Barselona" yarim himoyachisi Rodri "Manchester Siti"dan kataloniya klubiga o‘tganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Futbolchining aytishicha, unda faoliyatini davom ettirish uchun boshqa variant ham bo‘lgan.

"Men o‘ynashga tayyorman. Menda boshqa variant ham bor edi, ammo "Barselona" men uchun doim birinchi tanlov bo‘lib kelgan. Bu — buyuk klub. Uning falsafasi tufayli "Barselona" men uchun har doim o‘ziga xos namuna bo‘lgan", — deya Rodrining so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Avvalroq matbuotda Rodrini joriy yozda "Real" ham o‘z safiga qo‘shib olishga uringani haqida xabarlar tarqalgandi.

"Barselona" avvalroq 30 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan 2030 yil yoziga qadar mo‘ljallangan to‘rt yillik shartnoma imzolanganini e’lon qilgan.

Kiritildi: 22:30, 18.08.2026.
O'qildi: 3888 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик