Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Yevropa Ligasi. «Napoli» o‘z tarixida ikkinchi bor ushbu ishni uddaladi (4-tur yakunlari)

Yevropa Ligasi. «Napoli» o‘z tarixida ikkinchi bor ushbu ishni uddaladi (4-tur yakunlari)

Baho:
+ | -

Yevropa Ligasi guruh bosqich 4-tur doirasida «Legiya» hamda «Napoli» jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘tkazildi.

Mazkur o‘yin 4:1 hisobida Italiya klubi foydasiga hal bo‘ldi. Shu tariqa, neapolliklar o‘z tarixida ikkinchi bor yevrokuboklarda ketma-ket 5 uchrashuvda 2 yoki undan ko‘p gol urishga erishdi. Dastlabki seriya 1988/-89 yilgi mavsumda qayd etilgandi.

Yevropa Ligasi 4-turida «Brondbyu» - «Reynjers» o‘yini ham o‘tkazildi. Uchrashuvda glazgoliklar Balogunning avtogoli evaziga birinchi bo‘lib darvozasidan to‘p olib chiqdi. Yanis Hagi esa zaxiradan maydonga tushib, «Reynjers»ga bir ochko taqdim etgan gol muallifiga aylandi. Natijada, Shotlandiya klubi barcha musobaqalarda oxirgi 4 o‘yinda birinchi gol o‘tkazib yuborib, keyin g‘alaba erishgan yoki durang qayd etishga erishgan.

«Olimpiakos» hamda «Ayntraxt» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda Yens Peter Hauge mehmonlarni oldinga olib chiqdi, keyinchalik Yussuf El-Arabining joriy mavsum ushbu musobaqadagi uchinchi goli evaziga hisob tenglashdi. Daichi Kamada esa Germaniya klubiga g‘alaba keltirgan gol muallifi bo‘ldi.

«Ayntraxt» Gresiya klubini ikki marta mag‘lubiyatga uchratdi. Birinchi to‘qnashuvda 3:1 hisobida g‘alaba qayd etilgandi, ular bu ishni ikki marta qilishdi.

«Galatasaroy» - «Lokomotiv» (Moskva) uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etildi. Qayd etish kerak, jamoa joriy mavsum Yevropa Ligasida ilk marta o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi. Turkiya klubi bundan oldingi 3 o‘yinda gol o‘tkazmay g‘alaba qozonib kelayotgandi.

Belgiyaning «Genk» hamda Angliyaning "Vest Xem" jamoalari o‘rtasidagi bahsda jangovar 2:2 hisobi qayd etildi. Ta’kidlash kerak, Moyes shogirdlari joriy mavsum Yevropa Ligasida ilk gollarini o‘tkazib yuborishdi. Natijada, bu mavsum YLda gol o‘tkazmagan jamoa qolmadi.

«Lester» o‘z maydonida «Spartak»ni qabul qilgan bahsda tomonlar murosa ko‘chasini tanlashdi. Mazkur bahsdan keyin «tulkilar»ning yevrokuboklar doirasidagi o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchramagan o‘yinlari soni 9taga yetdi, ammo ular oxirgi 3 uy o‘yinida durang o‘ynashganini ham e’tirof etish lozim.

Yevropa Ligasi 4-tur doirasidagi markaziy o‘yinlardan biri Fransiyada o‘tkazildi. «Marsel» - «Lasio» o‘yinida 2:2 hisobida durang natija qayd etildi. Uchrashuvda Milik, Felipe Anderson, Chiro Immobile hamda Payet o‘z nomlarini tabloga yozdirib qo‘yishdi.

E’tiborlisi, Immobile «Lasio» safida barcha musobalaqalarda o‘zining 160-golini kiritdi hamda klubning barcha davrlardagi eng yaxshi to‘purariga aylanib oldi.

«Bayer» - "Real Betis" uchrashuvida 4:0 hisobi qayd etildi. Bu Ispaniya klubining nemis jamoalariga qarshi 6 o‘yinda ilk mag‘lubiyati bo‘ldi va birinchi marta Germaniyada mag‘lubiyatga uchradi.

«Ferensvarosh»ga qarshi kechgan safardagi bahsda «Seltik» g‘alaba (3:2) qozondi. Bu klubning 27 Yevropa Ligasi o‘yinida uchinchi safarda erishgan g‘alabasi bo‘ldi. Vengriya klubi esa yevrokuboklarda o‘z uyida birorta g‘alabaga erisha olganicha yo‘q.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 10:51, 05.11.2021.
O'qildi: 2434 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.