Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

APL. Uch o‘yindan beri mag‘lub bo‘layotgan jamoa «Sautgempton» mehmoni bo‘ladi (prevyu)

APL. Uch o‘yindan beri mag‘lub bo‘layotgan jamoa «Sautgempton» mehmoni bo‘ladi (prevyu)

Baho:
+ | -

Angliya chempionati 11-turining birinchi uchrashuvida «Sautgempton» va "Aston Villa" jamoalari kuch sinashishadi.

Bilasizmi?

"Aston Villa" 1995-1998 yillar davomida qatorasiga 4 o‘yinda «Sautgempton»ni mag‘lub etganidan beri ilk bor ketma-ket ikki o‘yinda g‘alaba qozonishi mumkin.

«Sautgempton» APLda "Aston Villa"ga qarshi oxirgi 9 o‘yinda faqat 1 marta mag‘lub boo‘lgan (5 g‘alaba, 3 durang). Ushbu mag‘lubiyat ularning oxirgi to‘qnashuvida sodir bo‘lgandi (yanvar, 0:1).

«Sautgempton» yarim himoyachisi Premyer-Ligada "Aston Villa" bilan o‘yinda ko‘p golli vaziyatlarda qatnashganchalik, boshqa klublar darvozasiga xavf solmagan (ikki gol, uch assist). Ushbu golli vaziyatlar uning «Villa»ga qarshi oxirgi 5 uchrashuvda bo‘lgan.

O‘tgan mavsum boshidan beri, «Villa» hujumchisi Olli Uotkins gol urgan o‘yinlarda eng ko‘p mag‘lub bo‘lgan futbolchi sanaladi. Birmingemliklar joriy mavsum shu paytga qadar uning ikki o‘yindagi urgan golida ham mag‘lubiyatga uchragan.

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Endi Medli

Qanot hakamlari: Darren Jan, Derek Iton

Zaxira hakami: Maykls Selisburi

VAR: Styuart Etuell

VAR yordamchisi: Timoti Vud

 

Taxminiy tarkiblar

Sautgempton - MakArti, Livramento, Bednarek, Salisu, Uoker-Piters, Redmond, Uord-Prouz, Romeu, El-YUnussi, Adams, Armstrong

Aston Villa - Martines, Kesh, Tuanzebe, Mings, Target, MakGinn, Nakambi, Remzi, Buendia, Uotkins, Beyli

Jamoa xabarlari

«Sautgempton» safida Jek Stefens jarohat olgan. Armando Broxaning maydonga tushishi esa so‘roq ostida. Muhammad El-YUnussi o‘tgan hafta «Uotford»ga qarshi bahsda (1:0) jarohatidan tuzalib safga qaytgan edi.

"Aston Villa" tarkibida Ezri Konsa o‘tgan hafta qizil kartochka olib, 1 uchrashuvga diskvalifikasiya qilingan. Aksel Tuanzebe maydonga tushishi mumkin. Bosh murabbiy Din Smitning tasdiqlashicha, Denni Ings, Duglas Luis va Brtran Traore hali ham safdan chiqishgan, ammo Morgan Sanson va Jeyden Filogen mashg‘ulotlarga qaytishgan.

Raqamlar

"Aston Villa" APLda oxirgi 9 safar o‘yinida o‘rtacha 2,5tadan ko‘proq gol kiritilgan.

"Aston Villa" Premyer-Liga doirasidagi so‘nggi 4 uchrashuvining barchasida mag‘lubiyatga uchragan.

"Aston Villa" Angliya chempionatidagi oxirgi 3 bahsda kamida uchtadan gol o‘tkazib yuborgan.

«Sautgempton»ning "Aston Villa"ga qarshi barcha musobaqalardagi so‘nggi 3 uy o‘yinida o‘rtacha 2,5tadan kam gol urilgan.

Tomonlar APL doirasida o‘zaro 38 marta to‘qnash kelishgan. «Sautgempton» 15, "Aston Villa" 14 g‘alabaga erishgan. 4 uchrashuvda durang natija qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, APL 11-turini ochib beruvchi ushbu bahs bugun Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 13:54, 05.11.2021.
O'qildi: 2237 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.