Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem 3-1 Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
24/01 19:00 Komo 6-0 Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli 2-2 Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem 2-1 Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti 2-0 Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya 3-2 Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul
25/01 00:45 Lechche - Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal - Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta
26/01 00:45 Roma - Milan
26/01 01:00 Alaves - Betis

Ravshan Ermatov futbol mahorati maktablarining mutasaddilari bilan yig‘ilish o‘tkazdi

Ravshan Ermatov futbol mahorati maktablarining mutasaddilari bilan yig‘ilish o‘tkazdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Kecha O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov raisligida futbol mahorati maktablarining faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Videoanjuman shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda hududlardagi FMM rahbarlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va psixologlar yil davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi.

Futbol mahorati maktablarida yosh tarbiyalanuvchilar uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, ularning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil etish, turli to‘garaklarga yo‘naltirish, jismoniy va ruhiy holatini doimiy ravishda nazorat qilib borish ko‘rsatkichlari tahliliy ma’lumotlar asosida muhokama etildi.

O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov tarbiyalanuvchilarning professional darajaga yetishlarida murabbiyning o‘rni alohida ekanligiga to‘xtaldi. O‘z navbatida, yosh futbolchilar uchun murabbiy — ham tarbiyachi, ham aka, ham sirdosh bo‘lishi kerakligi, bolaning qalbiga quloq tutib, unga ruhiy dalda bergan holda kelajakka to‘g‘ri yo‘nalish berishi zarurligini ta’kidladi.

Mahorat maktablaridan nafaqat futbolchi, balki professional tahlilchi, hakam, menejer va murabbiylar yetishib chiqishi kerakligi, bu yo‘lda bolalarni kuchli va irodali shaxs etib tarbiyalash muhimligi aytildi.

Shuningdek, yig‘ilishda barcha hududlardagi FMM ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va psixologlarning yuqoridagi masalalar bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari tinglandi. Yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 18:55, 05.11.2021.
O'qildi: 1511 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.