Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya 2-1 Tailand
08/01 19:00 Iroq 0-0 Xitoy
08/01 22:30 Cremonese 2-2 Kalyari
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna

"Jar yoqasidagi jang" yoxud "Selta" – "Barselona" (prevyu)

"Jar yoqasidagi jang" yoxud "Selta" – "Barselona" (prevyu)

Baho:
+ | -

Bugun Toshkent vaqti bilan 20:15da Ispaniyadagi Vigo shahrida mezbon “Selta“ jamoasi Kataloniyadan tashrif buyurgan “Barselona“ jamoasini qabul qiladi. Ko‘rinishidan mehmonlar yaqqol favoritdek. Aslida esa mezbonlarda ham g‘alaba uchun yetarli imkon bor. Stdion.uz hozir shu bahs haqida batafsil to‘xtalib o‘tishga qaror qildi.

“Selta Vigo“

Ayni paytda, vigoliklar holatiga havas qilib bo‘lmaydi. “Havoranglar“ La Liga turnir jadvalida 15-o‘rinda ketishmoqda. Chempionatda eng kam gol urgan (10ta gol) 3-jamoa bo‘lib turibdi. So‘nggi 5 o‘yinning faqat bittasida g‘alaba qozongan. Biroq shunga qaramay, bu jamoa “Barselona“ uchun noqulay raqib hisoblanadi. Chempionat doirasidagi oxirgi 10ta bahsning 7tasida vigoliklar raqibidan ochko tortib olishga muvaffaq bo‘lishgan (3 g‘alaba, 4 durang). E’tiborlisi, bu jamoalar o‘rtasidagi bahslarda albatta gol bo‘ladi. 0:0 hisobida yakunlangan uchrashuvlar deyarli yo‘q. Oxirgi o‘zaro 5 o‘yinga nazar solamiz. Umumiy hisobda 17ta (10tasi “Barsa“niki, 7tasi “Selta“niki) gol urilgan. Bu shuni anglatadiki, har o‘yinda muxlislar kamida 2ta gol guvohi bo‘lishadi.

Yuqoridagi raqamlar mezbonlar ham anoyilardan emasligini anglatgan holda, bu jamoalar o‘rtasidagi uchrashuvlar doim qiziqarli va gollarga boy bo‘lishiga isbot bo‘la oladi.

“Barselona“

Bu to‘qnashuvda nom va obro‘ jihatidan mehmonlarning og‘ir “tosh bosish“i ajablanarli holat emas. Bu borada “ko‘k-anorranglilar“ butun dunyoda yetakchilardan biri hisoblanadi. Biroq hozirgi holatga qarab baho beradigan bo‘lsak, “Barselona“ni yaqqol favorit deb ko‘rsatish juda to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Chunki ayni paytda, klub natijalarida beqarorlik hukm surmoqda. Shu sabab murabbiy o‘zgarmoqda. Yangi murabbiyga darrov moslashish ham oson emas. Ustiga ustak, ko‘p o‘yinchilar jarohat olgan. Jamoaga ijobiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan yagona jihat – Xavining bosh murabbiy etib tayinlangani bo‘lishi mumkin. Futbolchilar yangi murabbiyga o‘zlarini ko‘rsatish uchun ham g‘alaba uchun borlarini berib o‘ynashadi. Chiroyli va tartibli harakatlanishga urinishadi. Zero, ularning kelajagi yangi murabbiyning tanloviga bog‘liq.

Shunday ekan, ikki jamoa uchun ham bu uchrashuv muhim ahamiyatga ega. Vigoliklar “xavfli hudud“dan uzoqlashishi kerak bo‘lsa, kataloniyaliklar "yuqori uchlik"ka ko‘tarilmog‘i darkor.

“Selta"ga oid yangiliklar

Jamoa tarkibida Santi Mina va Brais Mendes jarohat olishgan va katta ehtimol bilan bugungi uchrashuvda o‘z klublariga yordam bera olishmaydi. Shuningdek, Ugo Malyoning ham maydonga tushishi so‘roq ostida bo‘lib turibdi.

“Barselona“ga oid yangiliklar

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, “blaugranas“ safida lazaretdagilar soni me’yoridan oshib ketgan. Serxio Aguero, Martin Breytuyeyt, Pedri, Usmon Dembele, Serjinyo Dest, Jerar Pike bugun maydon tashqarisidan o‘yinni kuzatishadi. Bu ham yetmagandek, Serxi Roberto va Kleman Langlening ham Vigodagi bahsda ishtirok etishi noma’lumligicha qolmoqda.

Taxminiy tarkiblar

“Selta Vigo“ - Dituro; Vaskes, Aydu, Murilyo, Galan; Tapiya, Servi, Suares, Nolito; Solari, Aspas.

“Barselona“ - Ter-Stegen; Mingesa, Garsiya, Arauxo, Alba; Gavi, Buskets, de Yong; Fati, Depay, Koutinyo.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 12:25, 06.11.2021.
O'qildi: 2310 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.