Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Boyan Matich: «Paxtakor»ga kelishimdan oldin chempionlik haqida o‘ylamagan edim»

Boyan Matich: «Paxtakor»ga kelishimdan oldin chempionlik haqida o‘ylamagan edim»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Kecha «Paxtakor» bilan chempionlikni qo‘lga kiritgan serbiyalik futbolchi Boyan Matich O‘zPFL matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- «Paxtakor» jamoasi safida chempionlikni qo‘lga kiritganimdan xursandman. Oldinda yana bir qator muhim uchrashuvlar kutib turibdi. Chempionat bahslaridan tashqari, kubokda ham g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

«Paxtakor»ga kelishimdan oldin chempionlik haqida o‘ylamagan edim. Lekin, «sherlar» grand klub ekanligini bilar edim. Jamoa bilan birgalikda harakat qilib, oltin medallarni qo‘lga kiritishning uddasidan chiqdik.

Uyga chempion sifatida qaytish, oila a’zolarimni ham kayfiyatini ko‘taradi. «Paxtakor» safida yosh iqtidorlar ham, tajribali futbolchilar ham mavjud. Biz bir maqsad yo‘lida birlashib, chempionlikni qo‘lga kiritdik. Endi kelasi mavsum OCHLda ham muvaffaqiyat qozonishga harakat qilamiz, deydi futbolchi

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 11:52, 07.11.2021.
O'qildi: 2096 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик