Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

APL. Vardi bugun bir ko‘rsatkich bo‘yicha Keynning natijasini takrorlashi mumkin (prevyu)

APL. Vardi bugun bir ko‘rsatkich bo‘yicha Keynning natijasini takrorlashi mumkin (prevyu)

Baho:
+ | -

Angliya chempionati 11-turi doirasida «Lids» o‘z maydonida «Lester» bilan kuch sinashadi.

Bilasizmi?

Sheffildda tug‘ilgan «Lester» hujumchisi Jeymi Vardi Yorkshirda o‘tgan safardagi 5 APL o‘yinining har birida gol urishga muvaffaq bo‘lgan ("Xaddersfild Taun" (2), «Sheffild» (2), «Lids» (1). Yorkshirda ketma-ket 6 APL o‘yinida mehmonlar jamoasidan harakat qilgan futbochilar orasida faqatgina Xarri Keyn ushbu natijaga erishgan (2014-2021).

Ushbu mavsumda «Lids» futbolchisi Rafinyaning ishlari yaxshi ketmoqda. U su paytgacha kluning APLdagi gollarining 40 foizini (4/10) urishga erishdi. Klubdagi sheriklari orasida eng ko‘p vaziyat yaratdi (18) hamda darvozaga ko‘p (32) zarba berdi. Shuningdek, 26 marta dribbling ishlatishga muvaffaq bo‘ldi. Bu natija «Lids» futbolchilari orasida joriy mavsumdagi eng yaxshisi bo‘lib turibdi.

«Lester» Premyer-Ligada «Lids» maydonida o‘tgan oxirgi 5 uchrashuvning to‘rttasida g‘alaba qozongan. Bu Elland Roadda o‘tgan dastlabki 16 o‘yinda qo‘lga kiritilgan g‘alabalar soni bilan teng. «Tulkilar» o‘z tarixida ilk bor ketma-ket uch safar o‘yinida «Lids»dan ustun kelishi mumkin.

«Lids» joriy mavsum birinchi marta ketma-ket ikki o‘yinda g‘alaba qozonishi mumkin. Ularning ikkala g‘alabalari «Uotford» hamda «Norvich»dek debyutant jamoalariga qarshi bahslarda qo‘lga kiritilgan.

 

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Darren Ingland

Qanot hakamlari: Geri Besvik, Den Robatan

Zaxira hakami: Robert Jons

VAR: Piter Benks

VAR yordamchisi: Nil Deyvis

 

Taxminiy tarkiblar

«Lids»: Mesliyer, Lorente, Strujich, Kuper, Jeyms, Rafinya, Klix, Filips, Dallas, Rodrigo, Harrison

«Lester»: Shmeyxel, Amarti, Evans, Soyunju, Perreyra, Kastan, Tilemans, Ndidi, Meddison, Ixeanacho, Vardi

Jamoa xabarlari

Junior Firpo jarohatidan tuzalgan bo‘lsa ham, Marselo Belsa o‘tgan hafta «Norvich»ga qarshi bahsda (2:1) qaydnomaga kiritmagan edi. Rafinya va Sheklton o‘tgan haftaning o‘zidayoq Kox, Ayling va Bemfordning o‘rniga maydonga tushish uchun tayyor bo‘lishgan edi. Harrison Bemfordning o‘rniga Rodrigo bilan markaziy hujumda harakat qilgan edi.

Ayoze Perez payshanba kuni Yevropa Ligasida «Spartak» jamoasiga qarshi kechgan o‘yinda (1:1) kasallikdan tuzalib qaytgan edi, ammo Jeyms Meddison va Xarvi Barns maydonga tushishmadi va bugungi o‘yinda ham qatnashishi so‘roq ostida. Uilfrid Ndidi hafta o‘rtasida jarohatidan tuzalib maydonga qaytishi kutilmagan holat bo‘ldi. U reja bo‘yicha kelayotgan xalqaro tanaffusdan keyin qaytishi kerak edi. Jeymi Vardi payshanba kuni penaltidan gol ura olmagan va zaxiradan o‘yinni boshlagan bo‘lsada, «Lids»ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlashiga shubha yo‘q.

Raqamlar

«Lester»ning oxirgi 7 safar o‘yinida o‘rtacha 2,5tadan ko‘p gol kiritilgan (Premyer-Liga).

«Lester» barcha musobaqalarda «Lids»ga qarshi so‘nggi 6 safar o‘yinining beshtasida g‘alaba qozongan.

«Lids» barcha musobaqalarda «Lester»ga qarshi oxirgi 3 o‘yinda o‘rtacha 2,5 tadan ko‘p gol urilgan.

«Lester» Angliya chempionati doirasidagi so‘nggi 6 o‘yinining beshtasida kamida ikkitadan gol o‘tkazib yubordi.

Tomonlar Premyer-Ligada o‘zaro 18 marta to‘qnash kelishgan. 9 uchrashuvda «Lids», 8 marta «Lester» g‘alaba qozongan. 1 o‘yinda durang natija qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 12:40, 07.11.2021.
O'qildi: 1957 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.