"Inter"ning xorvatiyalik yarim himoyachisi Marselo Brozovich faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqida Italiyaning "Tuttomercato" nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining xizmatlariga "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda. So‘nggi ikki mavsumda milanliklar safida bosh murabbiy bo‘lgan Konte sobiq shogirdini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.
Shuningdek, Brozovich "neradzurrilar" bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayotgani va 2022 yilning yozida erkin agentga aylanishi "shporlar"ga qo‘l kelishi mumkin.
Joriy mavsum Brozovich barcha turnirlarda 15 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol, 2 golli uzatmani amalga oshirdi.