Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Luiza Sadirova: “CHempion bo‘lishimizga imkoniyat bor”

Luiza Sadirova: “CHempion bo‘lishimizga imkoniyat bor”

Baho:
+ | -

7 noyabr kuni ayollar klublari o‘rtasidagi Osiyo chempionatida “Bunyodkor-W” jamoasi Eronning “Shahrdari Sirjan”ga qarshi maydonga tushdi. “Qaldirg‘ochlar” 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, hozirda guruhda 3-o‘rinni egallamoqda.

Bugun jamoa sardori Luiza Sadirova uchrashuv va jamoadagi ichki muhit haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Milliy chempionatimizda butun mavsum tabiiy qoplamali maydonda to‘p tepdik. Bu yerda esa sun’iy maydon. Eron jamoasi o‘z chempionatida sun’iy maydonda o‘ynab o‘rgangan. Bundan tashqari, kuchli shamol har ikkala jamoaga o‘ynashga xalaqit berdi. Bularni mag‘lubiyatimiz sababchisi demoqchi emasman, albatta. Raqibimiz ham biz kabi sharoitda futbol o‘ynadi.

O‘yinda bizning jamoaga birdamlik yetishmadi deb o‘ylayman. Qayerdadir himoyachilar hujumchilarga yordamga yetib kela olmadi, qayerdadir darvozabon bilan bir-birimizni tushunmay qoldik. O‘zimizning xatolarimiz tufayli ikkita gol o‘tkazib yubordik.

Tanaffus paytida bosh murabbiyimiz ko‘proq hujumga e’tibor qaratish kerakligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar berib o‘tdi. Kuchli shamol sababli, to‘pni yerlatib o‘ynash bizga yordam berishini aytib o‘tdi. Ushbu ko‘rsatmalarga amal qildik va ikkinchi bo‘limda ustunlik biz tarafda bo‘ldi. Gol ham kiritdik. Lekin Lyudmila Karachik jarohat olgani jamoa uchun katta yo‘qotish bo‘ldi. Jamoamizning asosiy o‘yinchilardan biri bo‘lgan Karachiksiz yana deyarli 20 daqiqa o‘ynadik. Uning jamoamizga qolgan ikki uchrashuvlarda yordam bera olmasligi achinarli holat. Unga barchamiz nomimizdan tezroq oyoqqa turib, safga qaytishini tilab qolaman.

Jamoaning kayfiyati va ruhiy holati yaxshi. Hozir tushkunlikka tushish vaqti emas. O‘tgan o‘yindan hulosalar chiqarib, keyingi uchrashuvlar haqida o‘ylashimiz zarur. Ko‘p futbolchi qizlar terma jamoa o‘yinchilari. Ular bunday xalqaro o‘yinlarga tayyor. Yosh futbolchilarda hayajon bo‘ldi.

Oldinda bizni ikkita mashaqqatli o‘yin kutmoqda. O‘zimizni qo‘lga olib, tayyorgarlikni davom ettiramiz. Va umid qilamanki, har ikkala uchrashuvda ham g‘alaba qozonamizmiz. Chempion bo‘lishimizga hali imkoniyat bor.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 07:19, 09.11.2021.
O'qildi: 1599 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.