Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya 3-3 Yuventus

«Chelsi»dan ketib, baxtini topgan futbolchilar (top-10)

«Chelsi»dan ketib, baxtini topgan futbolchilar (top-10)

Baho:
+ | -

Yozgi transfer mavsumida Londonning «Chelsi» klubi belgiyalik futbolchi Romelu Lukakuni «Inter»dan 115 million yevro evaziga sotib oldi. Aslida, mazkur futbolchi faoliyatining yuqori nuqtasiga chiqishdan avval, «arsitokratlar» futbolchisi bo‘lgan. Biroq, u londonliklar safida o‘z o‘yinini namoyish eta olmagan va klubni tark etishga majbur bo‘lgan. Sezganingizdek, hozir biz «Chelsi»da muvaffaqiyatga erisha olmay, o‘z baxtini boshqa jamoadan topgan futbolchilar haqida suhbatlashamiz.

Reytingimizga nafaqat «Chelsi» bilan xayrlashib, yaxshiroq o‘ynay boshlagan, balki o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan futbolchilar ham bor.

21-asrda londonliklar bir qancha iste’dodlarni boy berishgani hayratlanarli. Biz ulardan eng yaxshi 10 tasi haqida ma’lumot beramiz.

Robert Xut, 2002-2006

62 uchrashuv, 2 gol, 2 golli uzatma

Nemis himoyachisi «Chelsi» akademiyasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri London klubining zaxira futbolchisiga aylandi. Yosh futbolchi Desayi, Terri, Karvalyu va Gallas kabi himoyachilar bilan teng raqobatlasha olmadi va shu sababli u zaxira o‘rindig‘i a’zosiga aylangan. «Chelsi»da muvaffaqiyat qozona olmasligini anglagan Xut «Midlsbro»ga o‘tdi va bu to‘g‘ri qarorligiga amin bo‘ldi. U erda himoyachi haqiqatdan ham top darajaga ko‘tarildi. Ko‘p o‘tmay himoyachi shartnomasini «Stok Siti» sotib oldi, unda Robert sardorlik darajasigachi ko‘tarildi va mahalliy muxlislarning haqiqiy sevimlisiga aylandi. Faoliyatining so‘nggida esa Xut «Lester»ga o‘tdi va «tulkilar»ning Premyer-ligadagi shov-shuvli g‘alabasining asosiy ijodkorlaridan biri bo‘ldi.

Skott Parker, 2004-2005


29 uchrashuv, 1 gol

2000 yillar boshida Skott Parker «Charlton»da ajoyib o‘ynadi, shuning uchun o‘sha paytda Angliyaning deyarli barcha top-klublari uni qo‘lga kiritishni xohlardi. Yarimhimoyachi uchun kurashda «Chelsi» g‘alaba qozondi. Ma’lum bo‘lishicha, bu qaror nafaqat futbolchiga, balki klubga ham zarar keltirdi. Futbolchi uchun 14,5 million yevro to‘lagan londonliklar yarimhimoyachini maydonda qanday o‘ynatishni bilmadi. Natijada zerikkan Skott «Chelsi»ga o‘tganidan bir yarim yil o‘tib Londonni tark etishga qaror qildi. Keyin «Nyukasl»da muvaffaqiyatli davr, «Vest Xem»dagi ajoyib to‘rt yil va «Tottenxem»ga o‘tish - karyerasining cho‘qqisida edi. Shu bilan birga, Parker muntazam ravishda Angliya terma jamoasiga chaqirila boshlandi.

Aryen Robben, 2004-2007


106 uchrashuv, 19 gol, 22 golli uzatma

Robbenning «Chelsi»dagi faoliyati omadsiz deb bo‘lmaydi. U jamoa safida ko‘plab muhim uchrashuvlarda maydonga tushdi va gollar urdi. Biroq, London klubidan ketish, albatta, uning foydasiga bo‘ldi. Aryen buyuk futbolchidan super yulduzga aylandi. Robben jarohati tufayli zaxira a’zosiga aylantirgan «Real»dan, «Bavariya»ga o‘tdi. Myunxenda gollandiyalik futbolchi bir mavsumda 23 ta gol bilan darhol yulduzga aylandi. «Bavariya»da 10 yil davomida ko‘plab jarohatlarga qaramay, Robben 144 ta gol urdi, 101 ta golli uzatmani amalga oshirdi, klubga 8 marta Bundesliga chempioni bo‘lishiga yordam berdi, besh marta Germaniya kubogi va xuddi shuncha Superkubokni qo‘lga kiritdi, Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi (final yodingizdami?) va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham g‘alaba qozongan.


Nemanya Matich, 2009-2011

3 ta o‘yin

Matich «Chelsi»ga ilk bor 21 yoshida qo‘shilgan edi. Yarim himoya markazida yosh futbolchiga joy yo‘q edi va tez orada u «Vitess»ga ijaraga berildi. Gollandiyada Nemanya o‘zini yaxshi ko‘rsatdi, ammo baribir londonliklarning sabrsiz rahbariyatini hayratda qoldira olmadi. 5 million yevro evaziga serb futbolchisi «Benfika»ga sotib yuborildi. Portugaliyada yarimhimoyachi ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. U Lissabon klubiga chempionlikni qo‘lga kiritishda, ikki marta Portugaliya kubogida va bir marta Liga kubogida g‘alaba qozonishga yordam berdi va 2012/2013 yilgi mavsum yakunlangach, Matich Primyerada yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi. «Chelsi» xatosini tushunib, futbolchini 25 million yevro evaziga qaytarib sotib olishga qaror qildi. London klubida Nemanya tinmay Gus Xiddink, Antonio Konte va, albatta, Joze Mourinyoni qo‘l ostida ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Keyin esa serb «Manchester Yunayted»ga o‘tdi.

Daniel Starrij, 2009-2013

96 uchrashuv, 24 gol, 9 golli uzatma

Starrij «Chelsi»dagi daxshatli raqobat tufayli o‘ynay olmadi. London klubi hujum chizig‘dan o‘rin uchun u Anyelka, Drogba, Torres va Kalou bilan kurashda mag‘lub bo‘ldi. 2013 yilga kelib Daniel klubni o‘zgartirish vaqti kelganini tushundi va «Liverpul»ga o‘tdi, u yerda olti oy ichida u 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi. Keyingi mavsum esa futbolchining faoliyatidagi eng yaxshisi bo‘ldi. 21 ta gol bilan u to‘purarlar poygasida faqat fenomenal Suaresdan ortda qolib, ikkinchi o‘rinni egalladi. Afsuski, forvardning muvaffaqiyatli davrlari ko‘pga cho‘zilmadi. Starrijning «Liverpul»dagi faoliyati jarohatlar tufayli barbod bo‘ldi.


Romelu Lukaku, 2011-2014

15 o‘yin, 1 golli uzatma

Ajablanarlisi shundaki, «Chelsi» Lukaku ikki marta ijaraga berdi. Belgiyalik ushbu jamoalar safida ajoyib o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsa-da, «aristokratlar» safida o‘ynab ketolmadi.

Joze Mourinyo o‘yinchini o‘z tarkibiga sig‘dirmadi va shuning uchun «Everton»ga sotib yuborilishini talab qilgan. Portugaliyalik mutaxassis «Manchester Yunayted»ga o‘tgandan so‘ng o‘z fikridan qaytdi va belgiyalik forvardni o‘z joyiga chaqirdi. O‘sha paytga kelib, Lukaku APLning o‘z pozisiyasidagi eng yaxshilardan biri edi, shuning uchun Lukaku xaridiga «MYU» 84 million yevro to‘lashiga majbur bo‘ldi. Manchesterda Lukaku doimiy ravishda gol urishda davom etdi, ammo uzoq qolmadi. Ikki mavsumdan so‘ng u «Inter»ga o‘tdi. Belgiyalik Milanda ajoyib o‘yin ko‘rsatdi va shu sabab mavsum avvalida Tomas Tuxel Romeluni yana Londonga qaytarishni talab qildi.

Kevin De Bryuyne, 2012-2014

9 o‘yin, 1 golli uzatma

«De Bryuyne «Chelsi» futbolchilarining qiyin hayotiga moslasha olmadi. U qattiq ishlashingiz va raqobatga tayyor bo‘lishi kerak», - dedi belgiyalik haqida Joze Mourinyo. «Chelsi» futbolchisi sifatida De Bryuyne ko‘plab jamoalar safida to‘p tepdi. London klubi asosiy tarkibiga kirish maqsadida juda ko‘p mehnat qildi. Biroq, portugaliyalik mutaxassisni hayratda qoldira olmadi. Keyinchalik, Kevinni «Volfsburg»ga sotib yuborildi. Ko‘p o‘tmay, yarimhimoyachi Jozeni so‘zlaridan afsuslantirdi. Germaniyadan Angliyaga qaytgan Kevin darhol «Manchester Siti» yetakchisiga aylandi. Belgiyalik muntazam ravishda Premyer-ligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi unvoniga da’vogarlik qilmoqda.


Torgan Azar, 2012-2015

0 ta o‘yin

Eden Azar «Chelsi»ga ko‘chib o‘tganida, uning ukasi Torgan unga sherik sifatida xarid qilindi. Yarimhimoyachi londonliklar futbolchisi bo‘lgan uch yil davomida unga bo‘lgan munosabat o‘zgarmagan. Torganga jamoada o‘zini ko‘rsatishga ham imkon berilmadi. U Belgiyaning «Zulte Varegem», keyin esa Myonxengladbaxning «Borussiya» jamoasiga ijaraga berib yuborildi. Keyinchalik, Torgan nemis klubi bilan to‘liq shartnoma imzolab, Londonga qaytmadi. Gladbaxdagi besh yillik faoliyati davomida Azar Bundesliganing eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylandi. U klubdagi eng sermahsul va foydali futbolchilvrdvn biri edi. «Borussiya Dortmund»ga o‘tgan Azar Bundesligani "yonishdirish"da davom etmoqda

 

Muhammad Saloh, 2014-2016

19 o‘yin, 2 gol, 4 golli uzatma

«Chelsi» Villian o‘rniga Salohni «Bazel»dan sotib oldi. Yarim yil davomida Muhammad bu rolni muvaffaqiyatli bajardi, ammo «Chelsi»dagi navbatdagi katta transfer mavsumidan so‘ng, misrlik zaxira futbolchisiga aylandi. London klubi Muhammadni avval «Fiorentina»ga, keyin esa «Roma»ga ijaraga berib yubordi. 2016 yilda u «Roma»ga to‘liq sotib yuborildi. Rim klubida misrlik o‘sishda davom etdi va bir yil o‘tib «Liverpul»ga o‘tdi va u yerda birinchi mavsumni ajoyib o‘tkazdi. Premyer-liganing eng yaxshi to‘purari va futbolchisiga aylandi. Keyingi mavsumda misrlik porlashda davom ettirdi. U «Liverpul»ni Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishiga yordam berdi.

Xuan Kuadrado, 2015-2017

15 o‘yin, 1 golli uzatma

«Chelsi» Kuadradoni Kolumbiyaning JCH-2014dagi ajoyib o‘yinidan olti oy o‘tib sotib oldi. Futbolchi yarimhimoya qanotini kuchaytirishi kutilgandi, biroq kolumbiyalik Azarga ham, Villianga ham raqobatlasha olmadi. Ikki marta u «Yuventus»ga ijaraga berildi. Keyinchalik, Turin klubi o‘yinchini sotib olishga qaror qildi. U muntazam ravishda Massimiliano Allegri qo‘l ostida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Xuan hozir ham «keksa sinyora» futbolchisi sifatida maydonga tushib kelmoqda.



Jamshidjon Mahmudov tayyoladi.

Kiritildi: 10:12, 09.11.2021.
O'qildi: 8198 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.