Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza 1-2 Lechche
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Dinamo - Mash’al
02/05 19:00 Buxoro - So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid

Ravshan Ermatov Navoiy viloyatida futbolni rivojlantirish borasidagi ishlar bilan tanishdi

Ravshan Ermatov Navoiy viloyatida futbolni rivojlantirish borasidagi ishlar bilan tanishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligidagi mutaxassislar hududlardagi futbol ommaviyligini oshirish, bolalar-o‘smirlar futbolini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va kelajakdagi istiqbolli loyihalarni muhokama qilish maqsadida Navoiy viloyatiga tashrif buyurishdi.

Tashrif avvalida Ravshan Ermatov viloyatdagi “Qizilqum” futbol klubi stadioni, akademiya hamda bazaning qurilish-rekonstruksiya ishlarining loyihasi bilan yaqindan tanishdi. Mas’ullar bilan bo‘lgan suhbatda qurilish ishlarini jadallashtirish, sifatli futbol maydonlarini barpo etish, inshootlarning yotoqxona va oshxonalarini zamon talablariga mos ravishda jihozlash, shuningdek, Yevropa akademiyalari kabi barcha talablarga javob beradigan sharoitlarni tashkillashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shundan keyin klub qoshidagi bolalar-o‘smirlar maktabining faoliyati, infratuzilmasi va mavjud shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Viloyat miqyosida bolalar futbolining infrastrukturasi yuzasidan fikr almashildi.

Kelajakda Navoiydan ko‘plab iste’dodli futbolchilar yetishib chiqishi uchun viloyatdagi futbol mahorati maktablarining faoliyatini tizimli va xalqaro standartlar asosida tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. Futbol maktablarida tarbiyalanayotgan bolalar nafaqat jismonan, balki ma’nan ham yetuk bo‘lishi, ularning ta’lim olishi va kitob o‘qishi zarur ekanligi aytildi.

Shuningdek, tarbiyalanuvchilarning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bola psixologiyasida, ayniqsa uning yetuk sportchi bo‘lib voyaga yetishida oilaning roli katta ekanligi xususida suhbatlashildi. Ochiq va samimiy o‘tgan uchrashuvda ota-onalarning takliflari tinglandi va kelgusidagi ishlarni birgalikda amalga oshirishga kelishib olindi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 18:01, 09.11.2021.
O'qildi: 1510 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик