Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Ular La ligada zafar qucha olishadimi?

Ular La ligada zafar qucha olishadimi?

Baho:
+ | -

  Ispaniya La ligasi bundan bir necha yil oldin faqatgina 2 klubning gegemonligi ostida o‘tar edi. Ammo, hozir unday emas. To‘g‘ri avvallari ular bilan Madridning yana bir jamoasi kurashardi. Chempionlik uchun nomzodlar soni kamligi tufayli chempionatning obro‘si bir-muncha pasaygandi. Hozir “Barselona”dagi inqirozlar, Messining Ispaniyadan ketishi va “Real”dagi ba’zi yulduzlar boshqa chempionatlarga ko‘chib o‘tishi, musobaqaga bo‘lgan qiziqishni biroz susaytirgandek go‘yo. Ammo endi hamma teng kuchli va boshqa jamoalar ham chempionlik uchun kurash olib borish imkoniga ega. Jumladan, Lopotegi qo‘l ostidagi “Sevilya” ham. Bugun Stadion.uz sayti aynan ushbu jamoaning imkoniyatlari va yutuqlari haqida so‘z yuritadi.

Tajribali murabbiy

Murabbiylar doim jamoaning o‘yin uslubini belgilab berishgan. Ispaniya termasida bosh murabbiy bo‘lgan payti Lopotegi mayda paslarga asoslangan o‘yin qurar edi. Keyinchalik, ushbu uslubni “galaktikos”da ham sinab ko‘rgandi. Ammo u klubda Lopotegining uslubi inqirozga yuz tutgan. O‘sha taktika endi yana ham mukammallashgan. Bu safar jamoa boshqa. Uning qo‘lida ushbu uslubda yorqin o‘yin ko‘rsata oladigan iqtidorlar yetarli. Ispaniyalik mutaxassis o‘tgan yili chempion bo‘lishi ham mumkin edi. Ammo o‘shanda birozgina omad undan yuz o‘girgandi. Bu safar ham uning jamoasi chempion bo‘lish imkoniyatiga ega.

Istiqbolli darvozabon

 “Darvozabon yarim jamoa” degan iborani ko‘p bor eshitganmiz. Bu ibora o‘zini ko‘p bor oqlagan. Andalusiyaliklarning ham postini ancha maxoratli va istiqboli porloq darvozabon qo‘riqlaydi. Yassin Bunu haqida ko‘pchilik unday fikrda bo‘lmasligi mumkin. Lekin marokashlik o‘z mahoratini allaqachon isbotlashga ulgurgan. U o‘tgan mavsumda nafaqat o‘z darvozasini ishonchli qo‘riqladi, balki kezi kelganda raqib darvozasiga to‘p kiritishni ham uddaladi. Bu mavsumda ham murabbiy Bunuga ishonch bildirayotgani bejiz emas. Ushbu darvozamon shu zayilda davom etsa, uni qaysidir grand jamoa libosi ostida ko‘rsak ajab emas.

Mustahkam himoya

“Sevilya”da hozirda yaxshigina himoyachilar yig‘ilgan. Ular orasida esa eng porlagani albatta Kunde. Fransiyalik futbolchi ko‘plab grandlar e’tiboriga tushgan. Uning ishonchli o‘yinlari tufayli ham, “oq-qizillar” bemalol o‘z omadini hujumda sinay oladi. Negaki, orqa chiziqda ishonchli futbolchi bor va u pozisiyadan hammaning ko‘ngli to‘q. Kundeni kunda gapiramiz. Ammo uning soyasida qolayotgan yana bir ajoyib himoyachi bor. Bu braziliyalik Diyego Karlosdir. Ushbu futbolchining o‘yinlari ham tahsinga sazavor. U Kunde singari yaxshigina tezlikka ega va qanotda ham, markazda ham yaxshi o‘ynay oladi.

Tajribali yarim himoya

Andalusiyaliklar aynan mana shu pozisiyaga kelganda, kurashuvchan va tajribali futbolchilarga ishonch bildirishgan. Ba’zilar o‘sha futbolchilarning davri o‘tib borayotganligi haqida gapirishi mumkin. Ammo o‘sha futbolchilar ishonchli o‘yin ko‘rsatayotgani ham bor gap. Tomas Delaynining jamoaga kelib qo‘shilganligi Lopotegi uchun ayni muddao bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. To‘gri ushbu futbolchining ijodkorlik mahorati yuqori emas, texnikasi borasida ham maqtana olmaydi. Lekin uning kurashuvchanligi va mehnatkashligi jamoa uchun juda zarur. Klubning tayanchi hisoblanadigan Fernandoni ko‘pchilik “Manchester Siti”dagi o‘yinlaridan tanisa kerak. Raqib hujumini kesib qo‘yishni qoyillatayotgan braziliyalikning ham o‘yinlari bu mavsum ancha ishonchli va mazmunli chiqmoqda. Braziliyancha texnika bo‘lmasa-da, uning maydondagi aqli jamoaga kerakli vaqtda foyda keltiradi. Ushbu ikki futbolchining kamchiligini ispaniyalik Oliver Torres yopib keta olmoqda. Chiroyli texnika va ijodkor futbolchi har bir jamoa uchun kerak.

Rang-barang hujum

Lopotegida hujumchi tanlashda juda ko‘p variantlar bor. Ispaniyalik mutaxassis ba’zida aynan mana shu pozisiyada kimlarni o‘ynatishni o‘ylab boshi qotsa kerak. Bu bir tomondan yaxshi. Klubda sog‘lom raqobat bor. Murabbiy esa kezi kelganda rotasiyalar bilan jamoani mavsum oxirigacha super formada olib bora olishi mumkin. Jamoada asosiy tarkib hujumchisi deya bitta nomni ko‘rsatish murakkab. Qanotlarda ba’zan Okampos va Susoni ko‘rsak, ba’zan Lamela va Munir maydonda harakat qiladi. Ushbu futbolchilar orasidan qaysidir birini yorqin yulduz deb bo‘lmaydi. Markaziy hujumda Lyuk De Yong jamoani tark etgach, ko‘proq ispaniyalik umidli futbolchi Rafa Mirni ko‘ryapmiz.

 

Lopotegi ajoyib jamoa yig‘a olgan. Tog‘ri klubning tashqi doiradagi chempionatlarda omadi kelmayapti. Ammo ularda Ispaniya La ligasini qo‘lga kiritish imkoniyati bor. Bu yilgi raqiblar o‘tgan yilgidagidek jangovarga o‘xshashmayapti. Balki hammasi o‘z o‘yinini topib olar. Ammo shunday bo‘lsa-da, “Sevilya” bu mavsum yaxshi imkoniyatga ega. Bu yog‘ini vaqt ko‘rsatadi. Ko‘ramiz, andalusiyaliklar 76 yildan so‘ng yana Ispaniyada chempion bo‘la olarmikin.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.  

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:57, 10.11.2021.
O'qildi: 3954 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.