Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Kontega Azar emas, Beyl kerak

Kontega Azar emas, Beyl kerak

Baho:
+ | -

«Tottenxem» bosh murabbiyi Antonio Konte «Real» yarim himoyachisi Eden Azarning ehtimoliy transferiga qarshi chiqdi.

«Deniel Levi "Real" yarim himoyachisi Eden Azar bilan shartnoma imzolashni ko‘zlayotgandi, ammo Konte bunga qarshi chiqdi. Gap shundaki, mutaxassis «Chelsi»dagi faoliyati orqali Azarni yaxshi biladi. Kontening fikricha, Edenga mehnatsevarlik yetishmaydi va maydonda yetarlicha yugurmaydi.

Hayratlanarli tomoni shundaki, Konte klub xo‘jayinidan Garet Beylni Londonga qaytarishni so‘ragan. Uelslik futbolchining "Madrid" bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga yetadi, ammo u yanvar oyida "Real"ni bepul tark etishi mumkin», – dedi jurnalist Eduardo Inda.

Azar joriy mavsumda «Real» safida barcha musobaqalar doirasida 11ta o‘yinda ishtirok etib, bitta golga uzatma berdi. Beyl esa madridliklar safida 3ta o‘yinda bitta gol muallifiga aylandi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 20:23, 11.11.2021.
O'qildi: 4559 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик