Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Pavel Zabelin: «Mablag‘ni asosiy o‘ringa qo‘ymayman»

Pavel Zabelin: «Mablag‘ni asosiy o‘ringa qo‘ymayman»

Baho:
+ | -

«Andijon» klubida to‘p surayotgan legionerlar orasida belaruslik Pavel Zabelinni alohida ko‘rsatsak arziydi. Hujumkor yarim himoyachi ikkinchi davra boshida jamoaga qo‘shildi va darhol kerakli o‘yinchi ekanligini isbotladi. Bir qator gollar urdi, maydonda ham foydali futbolchiligini namoyish etib kelyapti. Mahalliy muxlislarda ham u juda iliq taassurot qoldirayotgani bor gap. «Andijon» klubi matbuot xizmati Pavel Zabelin bilan suhbat uyushtirdi. Unda futbolchi bir qator masalalarda fikr bildirdi.

«Klubdagi holatim to‘liq qanoatlantiryapti»

- O‘zbekistonga tashrifimizning ikkinchi kunidayoq, chempionat doirasidagi navbatdagi turda maydonga tushishimizga to‘g‘ri kelgan. Shuning uchun jamoadoshlarimiz bilan oson chiqishib ketdik. Muloqot chog‘ida ayrimlari bilan til borasida muammo yuzaga keladi, lekin munosabatlar chakki emas. A’lo darajada deyish uchun esa asoslarga ega emasman. Baribir, har bir klubda xorijlik o‘yinchilar ko‘proq o‘zaro muloqot qilishadi. Bu yashiradigan jarayon emas. Klubdagi holatim to‘liq qanoatlantiradi.

«Pul tomondan «Andijon»ga o‘tib yutqazdim, deya olmayman»

- Turmush o‘rtog‘im kelganimga bir hafta o‘tgach, ortimdan Andijonda hozir bo‘ldi va bu holat ruhiy tomondan dalda ekanligini ta’kidlashim o‘rinli. Klub mutasaddilari yashash sharoitim borasida barcha imkoniyatlarni havola etishdi, nolimayman. Ayolim bilan alohida kvartirada istiqomat qilyapmiz. Pul tomondan «Andijon»ga o‘tib yutqazdim, deya olmayman. G‘alaba uchun mukofot pullari to‘lanmoqda.

«Shaxtyor»ga tegishliman, yana ikki yillik shartnomam bor»

- Kelasi mavsum borasidagi savolingizga javobni mustaqil tarzda bera olmayman. Sababi, jamoada ijara asosida to‘p surmoqdaman. Belarus chempionatida to‘p suruvchi Soligorskning «Shaxtyor»iga tegishliman. Yana ikki yillik shartnomam qolgan. Yangi klubim har tomonlama ma’qul tushmoqda.

«Maydonga tushganda mablag‘ni emas, natijani birinchi o‘ringa qo‘yaman»

- Albatta, Superligada qolish uchun bor kuchimizni bermoqdamiz. Legioner o‘yinchi bo‘lsam-da, ertaga ketganimdan keyin jamoa Zabelinlar to‘p surgan mahalda quyi divizionga tushib ketgandi, deyishlarini istamayman. Shu sababli, maydonga chiqqandan keyin mablag‘ni asosiy o‘ringa qo‘ymayman, natija birinchi o‘rinda turadi. Har o‘yinda gollar urib, muxlislarni xursand etgim keladi.

«Salbiy tomoni - maydonimizning chimi yomon»

- Salbiy tomon sifatida o‘z maydonimizdagi chimning holati yomonligini aytmoqchiman. Futbol o‘ynash mashaqqat. Birgina kamchilik shu. Tartibga keltirsa bo‘ladigan ahvol.

«Andijon» PFK matbuot xizmati

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:07, 13.11.2021.
O'qildi: 1566 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.