Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Ularning erasi yakunlanmoqda yoxud buyuklar futbolining intihosi yaqin

Ularning erasi yakunlanmoqda yoxud buyuklar futbolining intihosi yaqin

Baho:
+ | -

 Hamon esimda, ilk bor futbol tomosha qilganim-u, qaysi futbolchiga muxlislik qilganlarim. O‘sha paytlar Fernando Torres men uchun tengsiz edi. Hozir ham shunday bo‘lib qolaveradi. U futbolchilik faoliyatini yakunlagach, hech narsa o‘zgarmadi. Balki “el-nino” endi futbol o‘ynamayotgandir, lekin bu futbolga ta’sir o‘tkazmadi. Ammo shunday ikki daho borki, ularning ketishi futbolni huvvillatib qo‘yishi hech gap emas. Ishoning, ular “butsani mixga ilsa” futbol uchun bu katta yo‘qotish bo‘ladi.

 Messining Kataloniyadan ketishini eslang. “Barselona”ning chin muxlislari ko‘z yosh to‘kishdi. Negaki, ularning suyukli futbolchisi ketayotgan edi. Ba’zilar Messini 30-raqamli libosda ko‘rganda ham ishonishmadi. U qaytadi degan fikrlar ham ko‘p yangradi. Messining ketishi e’lon qilingach, mashhur insayder Fabrisio Romano ham avvaliga ishonmadi. Xayrlashuv marosimida Messi qanday ko‘zyoshlar to‘kkani hammaga ma’lum. U futboldan emas “Barselona”dan ketdi. Endi tasavvur qiling futboldan ketganida nima bo‘lardi? Nafaqat Messi, balki uning muxlislari-yu, uning o‘yiniga tan bergan haqiqiy futbol ishqibozlari yig‘laydi o‘sha kunda. 1987-yil Argentinada dunyoga kelgan buyuk, 34 yoshni qoralab qo‘ydi. Endi o‘sha 2011 yildagi Messi yo‘q, u 10 yil oldingi tarixga aylandi. Usiz futbolni tasavvur qilish qiyin to‘g‘rimi? Chunki u o‘zining harakatlari bilan bizni shunga o‘rgatib qo‘ydi. U rostmana o‘zga sayyoralik.

Yana bir inson bor. Messi va uni doim taqqoslashadi va bundan hech qachon charchashmagan. Bu albatta - Ronaldu. Men uni ilk o‘yinlarini “Manchester Yunayted”da ko‘rganman. Iqtidori o‘ziga sig‘maydigan bu buyuk har qadamda rekordlar o‘rnatib charchamagan. Uning uzoqdan yo‘llagan pushkalari hech qachon futbol muxlisi yodidan chiqmasa kerak.  Uning bir klubdan boshqa klubga o‘tishida odatda muxlislar ko‘zyosh to'kidhmaydi. Ronalduning o‘zi ham muxlislari kabidir. U xaqiqiy “terminator”. 1985 yilda Portugaliyada tug‘ilgan futbolchi, hozirda 36 yoshda. Ishonish qiyin albatta, 36 yoshli mana shunday jismoniy xolatdagi futbolchini uchratish qiyin. U ham buyuk. Messidan qolishmaydigan darajada buyuk. Ko‘p bor Messi kuchli, yoki Ronaldu yaxshiroq deya tortishamiz. Ularning davri yakuniga kelmoqda, shuning uchun, keling ularni endi birdek tengsiz deya qolaylik. Ronalduning u jamoadan bu jamoaga ko‘chishi hech qanday yig‘ilarsiz o‘tadi dedik. Ammo u ketganda, ya’ni futboldan ketganda qaysi muxlis uni olqishlamasligi mumkin. Kim ko‘z yosh to‘kmasligi mumkin.

Ular futboldan ketgandan keyin "millionlar o‘yini"ni tasavvur qiling. Kimdir hozirgidek bo‘laveradi deyishi mumkin. O‘shanday futbol muxlislari uchun bitta gap: hozirgi La liga qandaydir qiziqarli emasdek ko‘rinmoqda, shunday-mi?

 Futbol o‘rnida Ispaniya Primerosini nazarda tutib fikrlab ko‘ramiz. Messi-yu Ronaldu ketgach, La liga ko‘p narsa yo‘qotdi. Ularning chempionati avvalgidek jiddiy kurashlar taqdim etmayotgandek, ularning chempionati darajasi biroz tushgandek va “el-klasiko” 24-oktyabrda ko‘rganimizdek kunning 3-darajadagi o‘yiniga aylanib qolgandek.

To‘g‘ri, ko‘pchilik Mbappe va Hollandni ularning vorisi sifatida ko‘rishmoqda. Ammo ular rostmana yulduz bo‘lsa haqiqiy Mbappe va haqiqiy Holland bo‘lishadi. Ularga qarab hech kim, mana bu Messini, yoki mana bu Ronalduni eslatadi deyishmaydi. Vaqti kelganda ular futboldan ketganligiga ko‘nikamiz. Futbol "millionlar o‘yini" bo‘lib qolaveradi. Negaki, u shunday sport turi. Uning muxlislari kamaymaydi. Kundan-kunga ortib boraveradi.

Maradona olamdan o‘tganida katta yoshli haqiqiy futbol muxlislari kim bu dunyoni tark etganini xis qilishdi. Yosh ishqibozlar uchun Diyego Armando afsonaviy yulduz emas. Uning o‘yinlaridan ular bahra olishmagan. Hozirgi avlod futbolda Messi-yu, Ronalduning o‘yinlaridan zavqlanadi. Maradona va Pele haqiqiy buyuk futbolchilar, ular ikkisi ham terma jamoasi safida jahon chempionligini qo‘lga kiritishgan. Hozirda erasi tugayotgan ikki “GOAT”da esa umuman jahon chempionligi yo‘q va ular katta ehtimol ko‘pi bilan bitta mundialda ishtirok eta olishsa kerak. Bitta jahon chempionatida ikkisi ham chempion bo‘la olmaydi. Biri chempion bo‘lsa, bu ularning birdek buyukligiga raxna solsa kerak. Mayli kim chempion bo‘lsa bo‘lsin. Lekin ulardan biri yuqoriroq o‘rinda turishi bu juftlikka nisbatan adolatsizlik bo‘ladi. Misol, Ronaldu va Portugaliya mundialda chempion bo‘lsa, ko‘pchilik uni Messidan ustun qo‘yishadi. Yoki teskarisi bo‘ladi. Finalda Argentina va Portugaliya robaro‘ kelsa bu asr o‘yini bo‘ladi. Ikki buyuk faoliyati yakunida futbol olamidagi eng katta sovrin uchun bellashmoqda. Shunchaki bu o‘yinni ta’riflash qiyin.

    Hozir barbir bu voqeani, ya’ni Ronaldu va Messi faoliyatini yakunlashini oddiydek qabul qilishimiz mumkin. Lekin o‘sha kun kelganda haqiqiy "millionlar o‘yini" ishqibozlari ko‘zida tomchi yosh ko‘ramiz. Agar, o‘sha voqea bir kunda sodir bo‘lsa-chi? Ya’ni ular bir kunda, bir soatda va bir daqiqada futbolchilik faoliyatini yakunlashini e’lon qilishsa-ya. Bo‘ldi menimcha buyog‘ini tasavvur qilish qiyin bo‘lib ketadi.

 

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:08, 14.11.2021.
O'qildi: 8913 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.