Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Vunderkindlar: Radarda «yangi di Mariya»

Vunderkindlar: Radarda «yangi di Mariya»

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Paulo Dibala mavsumning dastlabki 10 o‘yinida "gol+pas" tizimi bo‘yicha 6+3 ochko jamg‘ardi. Ammo u noyabr oyida o‘tadigan JCH saralashi bahslari uchun Argentina termasiga chaqirilgan «Yuventus»ning yagona vakili emas. Hozircha «keksa sinyora» «zayavka»siga atigi bir marta kirgan 18 yoshli vinger Matias Soule ham Urugvay hamda Braziliyaga qarshi o‘yinlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Argentinalik vunderkind asosan «Yuve»ning U-23 jamoasida to‘p suradi. Xo‘sh, «S» seriyadagi yigitcha qanday qilib Messi hamda Di Mariya bilan bir jamoada o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi?

Gap shundaki, Argentina termasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni yoshlarni sinovdan o‘tkazmoqchi, shu bois, birdaniga 7 debyutantni chaqirdi: Souledan tashqari milliy jamoaga 20 yoshli Tyago Almada («Veles Sarsfild») va Gaston Avila («Rosario Sentral»), 19 yoshli Santyago Simon («River Pleyt»), Esekiel Sebalyos, Kristian Medina (ikkisi «Boka Xuniors») va hattoki, 17 yoshli darvozabon Federiko Gomes («Tigre») ham.

Bundan tashqari, argentinaliklar Matiasga ishonch bildirmoqchi ekanliklarini yashirishmagan. Futbolchi yaqinda AS nashriga bergan intervyusida Italiya futbol federasiyasidan ham taklif olganini aytgandi: «Ha, ular U-19 termasida o‘ynashimni xohlashdi, lekin men Argentinadan taklif kutyapman. Hozir bor e’tiborim klubga qaratilgan. Ikki davlat termasidan chaqirishsa, nima bo‘ladi? Argentinani tanlayman».

Soulening hozir chaqirilishi uning uchun katta yutuq. Futbolchi bir urinishda eng katta bosqich sakrab o‘tdi - bungacha 16 yoshlilar termasida uchta o‘yin o‘tkazgan, xolos. O‘z navbatida, bu yigitchaning iqtidori shubhadan xoli. 16 yoshida Argentinaning «Veles» klubi bilan professional shartnoma imzolashni istamagan, chunki Yevropadagi toplar e’tiborida ekanligini tushunib turardi. 2020 yilning yanvarida «Yuve» «Barsa», «Atletiko» hamda «Monako»ni ortda qoldirib, futbolchini tekinga qo‘lga kiritdi.

O‘z yurtida Matiasni «yangi Di Mariya» deb atashadi. Qahramonimiz ham chapaqay, o‘ng qanot vingeri vazifasini qanchalik a’lo darajada bajarsa, markaziy hujumkor yarim himoyachi sifatida yoki forvard ortida ham shunchalik muvaffaqiyatli to‘p sura oladi. Uning kuchli jihatlari - dribling va tezlik, tutgan yerini kesishga odatlangan.

Mavsum-2020|2021da argentinalik «Yuve» U-19 jamoasidagi 27 o‘yinda 5}5 ochko to‘pladi. Bu mavsum U-23 jamoasi tarkibida «S» seriyada 10ta uchrashuvda maydonga tushdi, «S» seriya kubogidagi uchta bahsda 2ta gol urdi, UYEFA yoshlar ligasida ham raqib darvozasini bir marta ishg‘ol qildi.

Massimiliano Allegri ancha xotirjam yo‘lni tanladi. Iyulda u «Chezena»ga qarshi nazorat o‘yinida (3:1) Matiasga asosiy tarkibda debyut qilish imkonini berdi, futbolchi esa turinliklarning uchinchi golini urdi. Sentyabrda Allegri tarkib bo‘yicha muammolarga yo‘liqdi, natijada Soule ham U-23 jamoasidan yana ikki kishini Neapolga olib ketdi. Oktyabrda argentinalik iqtidor «Kyeri»ga qarshi «o‘rtoqlik»da «dubl» rasmiylashtirdi.

Soulening aytishicha, ko‘plab futbolchilarga taqlid qiladi. Hozirgi favorit - Dibala. «Paulo - daho, har gal mashg‘ulotga ketayotganda suhbatlashamiz. U har tomonlama menga yordamlashadi. Bolaligimda u, Messi va Krishtianu mening kumirlarim bo‘lishgan. O‘zaro gaplashish asnosida ulardan o‘yin paytida ko‘zga tashlanmaydigan ko‘p narsalarni olish mumkin».

Soule portugaliyalik yulduz bilan ham mashg‘ulot o‘tkazishga ulgurgan. «Bir kuni ovqatlanish xonasida uch kishi (urugvaylik, ispaniyalik va men) o‘tirgandik. Krishtianu bizning stolga joylashdi, gaplashdik. Suhbatimiz bir yarim soatdan ko‘proqqa cho‘zildi, Ronaldu juda ko‘plab tavsiyalar berdi. U - fenomen. Shundan so‘ng undan fotosurat so‘rashga uyalmadim, Krishtianu qarshilik qilmadi», - deya portugaliyalik yulduz bilan dastlabki uchrashuvi haqida gapirdi Soule.

Matias endi Messi va Aguero bilan tanishish orzusi ekanligini tan olgandi. Yaqin orada Leo bilan ko‘rishishi mumkin. «To‘p bilan muomala qilishni xush ko‘raman, lekin kimga o‘xshashimni bilmayman. Paslar uzatayotganda ham o‘zimni qulay his qilaman. Messini yaxshi ko‘raman. Neymar ham yoqadi, undan juda ko‘p xavf kutish mumkin», - deydi vunderkind.

«Yuventus» argentinalik iqtidorning o‘sish jarayonidan mamnun - sentyabr oyi oxirida klub Soule bilan 2024 yilgacha davom etadigan yangi shartnoma imzoladi. Demak, kimni kuzatish kerakligini endi yaxshi bilamiz.

O‘.UMAROV tayyorladi

Kiritildi: 09:02, 15.11.2021.
O'qildi: 2910 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.