Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Enrike Shvetsiyaga qarshi bahsdan keyin fikrlari bilan bo‘lishdi

Enrike Shvetsiyaga qarshi bahsdan keyin fikrlari bilan bo‘lishdi

Baho:
+ | -


Jahon chempionati-2022 saralashi doirasida Ispaniya terma jamoasi o‘z maydonida Shvetsiyani qabul qildi.

Bahsning 86-daqiqasida Alvaro Morata tomonidan kiritilgan gol "qizil furiya"ga mundial yo‘llanmasini taqdim etdi. Uchrashuvdan keyin ispaniyaliklar ustozi Luis Enrike o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike: "Bugun bo‘lgani kabi stadiondagi muhitni ko‘rish juda ham ajoyib. O‘yin boshlanishidan oldin mehmonxonada muxlislar futbolchilarni chigalyozdi mashg‘ulotlari uchun kelishlarini kutishayotgandi. Milliy terma jamoa va mamlakat o‘rtasida shunday birdamlikni ko‘rsangiz, siz faxrlanasiz. Bu o‘yinchilarga to‘liq ishonch berdi va ularni yanada shijoatli qiladi".


"O‘yinda qiynaldik. Bu boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas edi. Chunki, ular qo‘rqinchli raqib. Yaxshi himoyalanishdi, bo‘sh hududlarni yopishdi. Yakunda biz futbolchilarimiz munosib bo‘lgan mukofotni olishdi deb o‘ylayman. Faqat bugun Sevilyada bo‘lgan emas, ushbu saralash bosqichida ishtirok etgan barcha shogirdlarimdan juda ham faxrlanaman. Ko‘plab qiyinchiliklardan keyin saralash bosqichini yakunladik".


Luis Enrike 17 yoshli Gavi haqida ham fikr bildirdi: "17 yoshli tajribasiz futbolchini murabbiy tanlaganda, hozirgi holatda men, u qanday o‘yinchi bo‘lishi mumkinligini tushunib yetgandim. Ha, bu sizni hayron qoldiradi. O‘yindan oldin Gavi 50,000 muxlis qarshisida o‘ynay olmaydi deb o‘ylagandirsiz. Ammo, bolakay nimalar qilganini o‘zingiz ko‘rdingiz".


Saralashdagi ishonch haqida: "Evropa chempionati yoki Millatlar Ligasiga qaraganda oxirgi o‘yinlarda ko‘proq bosimni his qildim. Yelkamdan 100 kilogrammlik ryukzak olingandek bo‘ldi".


Luis Enrike Morataning urgan muhim goli haqida: "Hech qanday shubhasiz Alvaro gol urib, saralashni yakunlaganidan juda xursandman. Tanqid va qiyinchilikni yengib o‘tadigan Moratadan yaxshiroq futbolchi yo‘q".

Shuningdek, Enrike Sevilya shahrida o‘tgan Shvesiyaga qarshi ushbu bahsda muxlislarga 10 baholash tizimida 10 ball berdi va butun o‘yin davomida jamoa orqasida qo‘llab-quvvatlaganini e’tirof etdi.

Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Yan Anderson ham Gavi haqida shunday fikr bildirdi: "Bu yoshda u ko‘rsatgan bugungi o‘yindan keyin va uning oldingi o‘yinlaridan ko‘rinib turibdiki, u juda ham iste’dodli va yosh futbolchi. U bundan ham yaxshiroq bo‘lish salohiyatiga ega fantastik futbolchi hisoblanadi".

Eslatib o‘tamiz, Shvesiya terma jamoasi Jahon chempionati-2018 yo‘llanmasini Itakiya terma jamoasini pley-offda mag‘lubiyatga uchratib qo‘lga kiritgan edi. Eni ular 26 noyabr kuni pley-offdagi raqiblarini bilib olishadi.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 11:19, 15.11.2021.
O'qildi: 2303 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.