Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Angliya Premyer-ligasini yondirayotgan «yosh sherlar»

Angliya Premyer-ligasini yondirayotgan «yosh sherlar»

Baho:
+ | -

Yevropada, xususan, Angliyada har bir klubning o‘z maktabi mavjud. Undan har yili yosh futbolchilar yetishib chiqadi. Ya’ni futbol sanoatiga yosh va serg‘ayrat o‘yinchilar yetishtirib beruvchi eng asosiy manba klublar akademiyasi hisoblanadi. Nafaqat ingliz futboliga, balki dunyonikiga ham bir-biridan iqtidorli bo‘lgan charm to‘p ustalarini yetkazib berayotgan klublardan biri bu «Chelsi»dir. London jamoasida kamol topgan futbolchilar so‘nggi mavsumlarda o‘zining yorqin o‘yinlari orqali omma e’tiborini qozonmoqda. Mana masalan, Ris Jeymsni olsak, u yangi murabbiy Tomas Tuxel qo‘l-ostida ushbu mavsum boshidan buyon yorqin o‘yin namoyish etmoqda. Va bu, «ko‘klar akademiyasi»dan chiqqan yagona istiqbolli futbolchi emas. Quyida sizning e’tiboringizga «Chelsi» tarbiyalanuvchilari bo‘lgan eng yorqin beshta futbolchini havola etamiz.

Mark Gexi

Ajoyib va yosh himoyachilardan biri! Gexi yozgi transferlar oynasida «Kristal Pelas» bilan besh yillik shartnoma tuzdi. Uning xaridi «burgutlar» uchun 18 million funtga tushgan edi. Angliya yoshlar terma jamoasi a’zosi avvalgi mavsumlar davomida(18 oy) «Suonsi» safida ajoyib o‘yin ko‘rsatadi. 21 yoshli o‘yinchi dastlab, Angliya U-17 tarkibida Fil Foden, Kallum Xadson-Adoilar bilan birga Jahon chempioniga aylangan edi. Gexi yangi mavsumda «Kristal Pelas»ning ishonchi o‘yinchilaridan biriga aylandi. U bu mavsumda APL doirasida beshtadan ko‘p o‘yin o‘tkazgan markaziy himoyachilarning eng yoshi sifatida tarixga kirdi. Markning bu mavsumdan boshlab, jamoadoshi Yoaxim Anderson bilan hamkorligi «Pelas» himoyasini mustahkamlanishini ta’minladi.
Xususan, Gexi «Manchester Siti»ga qarshi bahsda besh marotaba o‘zaro kurashlarga kirgan bo‘lsa, barida yutib chiqqandi. Himoyadagi ishonchli harakatlari esa, jamoasining g‘alabasini(2-0) va darvoza dahlsizligini ta’minladi.

Ris Jeyms

«Aristokratlar» safida eng yaxshi sport formasiga ega bo‘lib turgan futbolchilardan biri. Jeyms ayniqsa, Tomas Tuxel kelganidan keyin, o‘zining asosiy tarkibdagi o‘rnini «sementladi». Angliya terma jamoasi a’zosi, allaqachon APLning beshta o‘yinida oltita golda ishtirok etishga ulgurgan. Shuningdek, u «Chelsi»ning to‘purarlaridan biri bo‘lib turibdi. 21 yoshli himoyachi hisobida to‘rtta gol mavjud. U bunday natijani o‘tgan uchta mavsumda davomida, «Uigan» va «Chelsi»da harakat qilgan paytda qayd eta olgandi(ya’ni uchta mavsumda to‘rtta gol).

Trevo Chaloba

Hamma uchun birday «kutilmagan syurpriz» bo‘lgan futbolchi. Chaloba o‘tgan bir mavsumni «Loryan»da ijarada o‘tkazib, yana Londonga qaytib keldi. Uning Fransiyaga ketishidan asosiy maqsad ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish edi. Tomas Tuxel intervyularidan birida Chalobani o‘z rejalarining bir qismi sifatida ko‘rayotgani haqida ta’kidlaydi. Shu sababdan Chaloba «Chelsi»dan yana ijaraga ketmadi. 22 yoshli himoyachi mavsumoldi o‘yinlarida, xususan UEFA Superkubogida o‘zidan yaxshi taassurot qoldirgan edi(gol urgan). Trevo yangi mavsumda APL bahslarining beshtasida maydonga tushirildi va ikkita golga mualliflik qildi. Aytish mumkinki, uning harakatlari «Vest Xem»ga sotib yuborilgan Kurt Zumaning yo‘qligini bildirmayapti. Bu esa, kelajak uchun yaxshi signal.

Konor Gallaxer

Mavsum kashfiyotiligiga nomzod futbolchi. O‘tgan mavsumni «Vest Brom» bilan yakunlagan Gallaxer, yozda hamshahar jamoa – «Kirstal Pelas»ga yana bir mavsumga ijaraga berib yuborildi. Ammo u kutilmaganda «chaqnadi». Futbolchi yangi mavsumni Patrik Viyeyra qo‘l-ostida fantastik tarzda boshladi va davom ettirmoqda. Uning yaqindagina Angliya terma jamoasiga chaqirilgani ham fikrimizni isbotlaydi. Gallaxer hisobida hozirgacha 4ta gol va 2ta assist mavjud. Hujumkor yarim himoyachining , ayniqsa amaldagi chempion «Man Siti» darvozasiga kiritgan goli, barchani hayratda qoldirgan edi.

Valentino Livramento

Effektiv ta’sirga ega mudofaachi. Yozda Livramentoning «Sautgempton»ga ijaraga o‘tganini eshitib, ayrim «So'ton» muxlislari hayron bo‘lishgan edi. Biroq, hozirda aynan yosh himoyachining jamoa mudofaasiga ta’siri eng ijobiy jihat sifatida e’tirof etilmoqda. U bu mavsumda APLda 500 daqiqadan ko‘proq maydonda harakat qilgan Gexidan yoshroq bӯlgan yagona himoyachidir. Livramento hozirgacha o‘z jamoasining har bir uchrashuvida maydonga tushirilgan. Uning hisobida hozirga qadar bitta gol va bitta assist mavjud. Valentino, shuningdek, Angliya U-21 a’zosi hisoblanadi.

Mana, «Chelsi» akademiyasi «mahsulot»larining eng sifatlilari haqida fikr yuritdik. Ularning bundanda yorqin o‘yinlari hali oldinda. O‘ylaymizki, amaldagi Yevropa chempionlari kelajakka shu kabi iste’dod egalarini taqdim etishda davom etadi...

 

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: futaa.com
Kiritildi: 15:30, 15.11.2021.
O'qildi: 3569 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.