Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Shuhrat Toshpo‘latov: «Kelayotgan ikki turda ham maksimal darajada harakat qilib, ikkinchi o‘rin uchun kurashamiz»

Shuhrat Toshpo‘latov: «Kelayotgan ikki turda ham maksimal darajada harakat qilib, ikkinchi o‘rin uchun kurashamiz»

Baho:
+ | -

Superliga 24-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Qo‘qon” uchrashuvidan so‘ng jamoamiz katta murabbiyi Shuhrat Toshpo‘latov bellashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Bugun yaxshi, shakillangan jamoaga qarshi o‘ynadik. O‘zingizga ma’lum, “Qo‘qon-1912” o‘z uyida ham, mehmonda ham yaxshi o‘ynaydigan jamoa. Ularning qarshi hujumlardagi harakatini hamda standart vaziyatlarda qanday o‘yin ko‘rsatishini bilar edik. Bosh murabbiyimiz bergan ko‘rsatmalarni imkon qadar yigitlarga yetkizshga harakat qildik va yakunda uch ochkoni naqd qilib qo‘ydik. Yigitlarga bugungi mehnatlari uchun rahmat aytib qolaman. Kelayotgan ikki turda ham maksimal darajada harakat qilib, ikkinchi o‘rin uchun kurashamiz.

— “Surxon” jamoasiga qarshi kechgan o‘yinda yigitlarga nimadir ta’sir qildi va yigitlar g‘alabani qo‘ldan chiqarishdi. Bu haqida nima deya olasiz?
— Futbolchilarimiz 2:0 hisobida oldinga borayotgan vaqtimizda xotirjamlikka berilishdi va bir-ikkita vaziyatlarda diqqatlarini yo‘qotishdi. Bu bizga qimmatga tushid. Hayot davom etadi. Mana bugun g‘alaba qozonib, kerakli ochkolarni qo‘lga kiritdik. Endi Jizzaxdagi bellashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishni boshlaymiz.

— Jizzaxdagi bahs qanday bo‘ladi deb o‘ylaysiz? Shu o‘yin medallar taqdirini hal qiladimi?
— Oldimzida yana ikkita muhim uchrashuvlar kutib turibdi. Biz uchun har bir ochko oltinga teng. Jizzax jamoasi bilan joriy mavsumda ikki marta o‘ynab, har ikkisida ham g‘alaba qozondik. Navbatdagi bahsda ham ijobiy natijaga erishishga harakat qilamiz.

— Doniyor Narzullayev jarohat olib, maydonni tark etdi. Uning ahvoli qanday?
— Hozir bu haqida hech narsa ayta olmayman. Shifokorlarimiz uning holatini o‘rganib, bu haqida ma’lumot berishadi.

— “Surxon” bilan bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng jamoa ham ruhan ham jisomonan qanday tayyorgarlik ko‘rdi?
— Bugungi o‘yinga biz asosan ruhiy tayyorgalikka e’tibor qaratgandik. Jismoniy tayyorgarlikni oladigan bo‘lsak, har to‘rt kunda o‘ynayapmiz.

— Husayn Norchayev bugun ham gol urdi. To‘purarlar bahsi haqida nima deya olasiz?
— Husayn hali yosh o‘yinchi. Agar o‘z ustida ishlasa, kelajagi porloq hujumchiga aylanadi. Milliy terma jamoadagi debyut o‘yinida ham gol urishga erishgan edi. Unga omad tilab qolaman.

— Marko Stanoyevichning bu mavsumdagi o‘yinida o‘tgan mavsumga qaraganda pasayish yuzaga kelgandek tuyulmoqda. Bu haqida nima deya olasiz?
— Unday demagan bo‘lardim. Chunki oxirgi ikki o‘yin to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuning o‘zi uning professional futbolchi ekanini isbotlaydi.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 20:59, 15.11.2021.
O'qildi: 1649 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.