Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu JCH-2022 saralash bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan Serbiyaga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
«Futbol yana bir marta egi-bugri yo‘llar ko‘proq siz istagan natijaga olib borishini yana bir marta isbotladi. Serbiyaga qarshi o‘yin natijasi hafsalani pir qildi, ammo oyog‘imizdan chaladiganchalik emas.
Maqsadimiz JCH-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish. Buning uchun nima qilish kerakligini bilamiz. Bahonaga hojat yo‘q. Portugaliya terma jamoasi Qatarga yo‘l oladi», – deya yozdi Ronaldu instagram orqali.