Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni hujumchi Lionel Messining Braziliyaga qarshi o‘yin oldidan holati haqida gapirdi.
"So‘nggi o‘yin oldidan uning jismoniy holati yaxshi edi, biroq biz u o‘yinning faqat bir qismini maydonda o‘tkazgani ma’qul, deb qaror qildik. Braziliya bilan bahsda uning ishtirokini tasdiqlashim mumkin, u o‘yin davomida o‘zini yaxshi his qiladi deb umid qilamiz", - deya Skaloni so‘zlaridan iqtibos keltirgan "Marca" nashri.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “PSJ” vakillari Messining jarohati borligi sabab terma jamoaga chaqirilishiga qarshi chiqqan edi.