Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/10 15:00 Vissel Kobe 2-1 Shandong Taishan
02/10 15:00 Yokogama Marinos 4-0 Ulsan Xyonde
02/10 15:00 Tep Han Nam Din 0-0 Bangkok Yunayted
02/10 17:00 Tampines Rovers 3-1 Li Man
02/10 19:00 Ravshan 0-1 Al-Vakra
02/10 19:00 Oltin Asr 0-1 Xolidiya
02/10 19:00 Nasaf 2-1 Shabab al-Ahli
02/10 20:00 Ukraina 2-3 Braziliya
02/10 21:00 Al-Hussayn 1-1 Kuvayt SK
02/10 21:45 Jirona - Feyenoord
02/10 21:45 Shaxtyor - Atalanta
02/10 23:00 At-Ta'vun - Al-Quva al-Javiya
02/10 23:59 Shturm - Bryugge
02/10 23:59 Aston Villa - Bavariya
02/10 23:59 Dinamo Zagreb - Monako
02/10 23:59 Lill - Real Madrid
02/10 23:59 Liverpul - Bolonya
02/10 23:59 RB Leypsig - Yuventus
02/10 23:59 Benfika - Atletiko
03/10 20:00 Fransiya - Argentina
04/10 21:30 Napoli - Komo
04/10 23:45 Verona - Venetsiya
05/10 00:00 Leganes - Valensiya

«MYU»ga sadoqat: u butun umr shu yerda edi...

«MYU»ga sadoqat: u butun umr shu yerda edi...

Baho:
+ | -

«U gollar uradi, Skoulz gollar uradi...»
Ushbu jumlalarni «Manchester Yunayted» muxlislari kuylar edi. Bu qo‘shiq «Old Trafford»da har doim ham yangramagan. Qachonki, Pol Skoulz gol ursa, shundagina siz bu hayqiriqni tinglashingiz mumkin edi.
Pol Skoulz «MYU» uchun sadoqat ramzi bo‘lib qolgan. U qariyb 20 yillik faoliyatini faqat bir jamoada, «MYU»da o‘tkazgan. Bu davr mobaynida Skoulz 152 marta raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lgan. Ammo uning gollaridan ko‘ra o‘yini muxlislarni maftun etgandi.

Mancunian Skoulz

U butun faoliyatini bitta jamoada o‘tkazgan kamyob futbolchilar sirasiga kiradi. Pol 700 martadan ortiq «qizil iblislar» uchun maydonda harakat qilgan. U 92 yilgi muvaffaqiyatda Devid Bekxem, Rayan Giggz, Niki Bat va aka-uka Fil hamda Gari Nevill bilan birga edi.
Pol Skoulz o‘z vaqtida Yevropada o‘zining to‘p uzatish qobiliyati bilan mashhur bo‘lgan. U Angliya terma jamoasida 66 martadan ko‘p maydonda harakat qildi. Ammo uslub va falsafa qarama-qarshiligi sabab, 29 yoshidayoq Angliya termasidan ketishga majbur bo‘ldi. Skoulz uzoq va yaqin masofalarga uzatmalarda shunday aniqlik bilan harakat qilardiki, bu borada uni «MYU»ning haqiqiy kreativ yuragi deyish mumkin edi. Uning Angliyadan ketishi, «MYU»ning foydasiga xizmat qildi desak, adashmagan bo‘lamiz. Negaki, Skoulz 30 yoshdan keyin ham o‘z darajasidan tushib ketmadi.

Futbolchining yaxshi tomonlari ko‘p edi, ammo maydondagi sa’lbiy taraflari ham yo‘q emasdi. Xususan, u o‘zining ochiq qo‘polliklari, buning natijasida keladigan sariq va qizil kartochkalar bilan ba’zida jamoasini qiynab qo‘yardi. Yakkama-yakka kurashda omadli harakat qilishda muammolari bo‘lsa ham, Skoulz o‘zining jismoniy kuchi, tezligi va gavda harakati bilan «MYU» markazida muvozanat o‘rnata olardi. Shubhasiz, Fergyuson qo‘l-ostida, Pol jamoaning eng asosiy figurasi sanalgan. U Manchester shahrining qizil tomonida 1993-2011 hamda 2012-2013 yillarda harakat qiladi. U o‘z faoliyatini yakunlash yilida, so‘nggi bor APL bosh sovrini qo‘lga kiritgan edi. Shaxsiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha, bu Skoulzning 11 chempionligi bo‘lgan. Bu borada faqat Rayan Giggzgina Poldan ustun, xolos.

YECHLda...

«Manchester Yunayted» 1999 yilgi Yevropa kubogi(ECHL) finalida «Nou Kamp» stadionida «Bavariya»ga qarshi maydonga chiqadi. O‘shanda qo‘shib berilgan daqiqalardagi mankunianliklarning goli «MYU»ni chempion qilgan. Biroq unda Pol Skoulz va jamoa sardori Roy Kin chetlatishlar sabab safda bo‘lmagan. Oradan to‘qqiz yil o‘tgach, Skoulz jamoasi yana YECHL finaliga yetib keladi. Bunda Skoulz 33 yosh bo‘la turib, 87 daqiqa maydonda harakat qilgandi. Moskva shahrida yomg‘irli kechada o‘tgan finalda «MYU» «Chelsi»ni penaltilar seriyasida mag‘lub etadi. Skoulz o‘shanda umrida ikkinchi marta Yevropada tengsiz klub a’zosi edi.

Afsonalar afsonalar uchun

«Barselona» klubi afsonasi Xavi Ernandes Pol Skoulzga bo‘lgan hurmati va muhabbatini aytishdan hech ham uyalmaydi. U Skoulzning uzatmalar berish mahoratiga tan berishini ta’kidlaydi. Shuningdek, boshqa buyuklar, Andrea Pirlo, Zinedin Zidan hamda Luish Figular ham Skoulzga havas qilishini bildiradi. Xullas, Skoulz har doim o‘z tengdoshlari va izdoshlari orasida sevimli bo‘lib kelgan. Bu esa bizga futbolchining nechog‘liq buyuk va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tganini yana bir bor eslatadi.

Aytgancha, bugun uning tug‘ilgan kuni. Happy Birthday to GREAT!!!

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: futaa.com
Kiritildi: 17:52, 16.11.2021.
O'qildi: 5039 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.