Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ana, xolos! Turkcha «sirk»

Ana, xolos! Turkcha «sirk»

Baho:
+ | -

Turkiyalik hakamning «katta tomoshasi». U mahalliy Superliga o‘yinini muddatidan oldin yakunladi, keyin xatosini anglab, futbolchilarni kiyinish xonalari va hattoki, dushdan ortga qaytardi. Qisqasi, Turkiya chempionati 12-turidan o‘rin olgan «Gaziantep» - «Qosimposho» uchrashuvining yakuni «sirk»ka aylanib ketdi.

Ha, turk Superligasi turnir jadvali o‘rta pog‘onalari va quyi qismida borayotgan ikki jamoaning o‘zaro o‘yini hakamning no­odatiy xatti-harakati bilan yodda qoldi. Demak, voqea tafsilotlariga qisqacha to‘xtalamiz: bosh hakam Haliz O‘zkahya 2:0 hisobida mezbon jamoa g‘alabasi bilan yakunlashi muqarrar ko‘ringan uchrashuvning asosiy vaqtiga naq 9 daqiqa qo‘shib berdi. Boz ustiga, referi 90+1-daqiqada «Qosimposho» futbolchilaridan birini maydondan chetlatdi. Uning chiqib ketishi ma’lum vaqt olgani o‘z-o‘zidan tushunarli. Shunday ekan, o‘yin yana biroz cho‘zilishi kerak edi. Amalda esa O‘zkahya 90+4-daqiqada nogahon final hushtagini chaldi, bu maydondagi futbolchilarni sira ajablantirmadi, zero, o‘yinda hammasi ma’lum bo‘lib ulgurgandi.

Xullas, jamoalar kiyinish xonasiga kirib ketgach, stadion xodimlari darvoza to‘rlarini yig‘ishtirishga tushdilar, VAR  tizimi ham tarmoqdan o‘chirildi. Hakam esa birdan o‘yinni 5 daqiqa oldin yakunlaganini anglab, jamoalarni maydonga qaytardi. Bu vaqtda ba’zi futbolchilar dush qabul qilayotgandilar. Oddiy aytganda, final hushtagidan 20 daqiqa o‘tib, o‘yin qayta davom ettirildi, lekin hech narsa o‘zgarmadi - 2:0 hisobi saqlanib qoldi.

Eng qizig‘i, turk matbuotida yozilishicha, O‘zkahya 4 yil oldin ham xuddi shundan «hunar» ko‘rsatgan ekan. To‘g‘ri, u o‘shanda «Istanbul» va «Osmanlispor» uchrashuviga 4 daqiqa qo‘shib bergan holda, 90+3-daqiqada final hushtagini chalgan edi. Endi yana bir shunga o‘xshash holat va takrorlanmas «tomosha». Aytish joiz, O‘zkahya bu safargi xatosidan qattiq uyalganidanmi, hakamlik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. U uchrashuvdan 3 kun o‘tib, tushunmovchilikka izoh ham berdi: «Hech kim mendan o‘yinni davom ettirib, tugatib qo‘yishni talab qilgani yo‘q. Umuman olganda, 5 daqiqa qo‘shganim va zaxira hakami adashganini aytib, o‘zimni oqlashim ham mumkin edi, lekin bunaqasi tabiatimga aslo to‘g‘ri kelmaydi. Reglament bo‘yicha jamoalardan biri keyinroq o‘yinni boshqatdan o‘tkazishni so‘rashi hech gap emasdi, shuning uchun futbolchilarni maydonga qayta taklif qildim. Yaxshiki, ular maydonga qaytishdan bosh tortishmadi - buning uchun rahmat. Qolaversa, yakunda barcha yigitlar hech kim xatodan xoli emasligini ta’kidlab, ko‘nglimni ko‘tarishdi».

Muammo yo‘q ekan, O‘zkahya nima uchun hakamlikdan ketishga qaror qildi? «Futbol juda xunuk bo‘lib ketdi - o‘yindan oldin, uning davomida va keyin haqoratlar eshitaverishdan charchadim. Buning oqibatida sevimli ishimdan ko‘nglim qoldi. Vaholanki, hakamlik bolalikdan buyon asosiy ishtiyoqim sanaladi. Qisqasi, bunday odobsizlik ichida ortiq qolishni xohlamayman. Har joyda hammasi o‘zgarayotganini aytishadi, lekin amalda hech narsa o‘zgarmayapti. Tizimni butunlay isloh qilish kerak. Hozirgi holatga esa chidash mushkul...», deya hamma gap xatoda emasligini ta’kidladi hakam.

Haliz O‘zkahya 41 yoshda. 2009 yildan FIFA referisi. Joriy mavsum Turkiya Superligasidan tashqari, Yevropa Konferensiya ligasi o‘yinlariga ham jalb etilayotgandi. U jumladan, «Renn» va «Tottenxem» o‘rtasidagi bahsni boshqarib bordi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:21, 18.11.2021.
O'qildi: 6430 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.