Angliyaning “Nyukasl” klubi “Byornli” hujumchisi Jeyms Tarkovskini sotib olishga harakat qiladi. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Tarkovskiy bugun o‘zining 29 yoshini nishonlamoqda. U 2016 yildan beri “Byornli” sharafini himoya qilib kelmoqda. Shuningdek, Jeyms “Brentford”da ham o‘ynagan.
“Byornli” qishda himoyachini qo‘yib yuborishi aniq emas, ammo yozda bu transfer amalga oshishi mumkin. Oldinroq Tarkovskiga Premyer liganing top-klublaridan ham taklif bo‘layotgandi.