Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Lotin Amerikasi «mahsulot»i

Lotin Amerikasi «mahsulot»i

Baho:
+ | -

Bilamizki, Janubiy Amerika qit’asida eng ommabop sport turlaridan biri bu futboldir. U yerdagi mamlakatlarni butun dunyo asosan futboli orqali taniydi. Xususan, Braziliya yoki Argentina nomini eshitganimiz hamonoq, hayolimizda u bilan birga futbol ham gavdalanadi. Chunki ular futbol borasida tengsiz sanaladi. Braziliyasiz hali biror bir Jahon chempionati o‘tmagan. Argentina esa, mintaqadagi kuchli futbol davlati sifatida tan olinadi. U yerdan Messi kabi daho yetishib chiqqan. Qolgan yurtlar ham o‘ziga yarasha qudratga ega. Shuning uchun ham har qaysi davrda bu materikdan ajoyib futbol iste’dodlari yetishib chiqadi.
Bugungi kunga kelib, qudratli klub sifatida e’tirof etilayotgan jamoa «Manchester Siti», yaqindagina braziliyalik vinger Kaikini 10 million yevro evaziga sotib olgan edi. Bu shuni ko‘rsatadiki, kuchliman degan har qanday klub ham janubiy amerikalik, xususan, braziliyaliklarga ehtiyoj sezib turadi. Quyida sizga shu kunlarda qulog‘imizga tez-tez chalinayotgan yosh nomlar haqida aytib bermoqchimiz.

Mateus Silva (Braziliya)

Braziliya giganti «Flamengo» safida yaqindagina o‘z debyutini o‘tkazgan bolakay, hali-hamon 17 yoshda. Shunga qaramasdan uning o‘ta yorqin talanti barchani qoyil qoldirib ulgurgan. Hujumkor yarim himoyachining tovon puli yangi shartnomaga ko‘ra, 100 million yevroni tashkil etadi. Bugungi sharoitda bu katta miqdor. Ammo Yevropaning katta klublari uni sotib olishga harakat qilib ko‘rishlari mumkin. Silva haliyam professional tarzda o‘z debyutini o‘tkazmadi. Shunga qaramay, turli xil yosh toifasi ichida doimo ajralib turgan. U bolaligidan, kamdan-kam uchraydigan hodisa bo‘lgan, har ikki oyoqda to‘p sura olishi bilan barchani qoyil qoldirgan edi. Silvada 27 noyabr kuni o‘z faoliyatidagi yirik turnirda chiqish qilish imkoni bor. Chunki «Flamengo» o‘sha kuni «Palmeyras» bilan Libertadorlar kubogi finalida to‘qnash keladi.

Kayu Jorje (Braziliya)

Braziliyaning «Santos» klubi sobiq hujumchisi bo‘lgan Jorje 4 million yevro evaziga «Yuventus» safiga kelib qo‘shilgan edi. U hozirgacha to‘rt marta maydonga tushirilgan bo‘lib, hali o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ya olganicha yo‘q. 19 yoshli futbolchi «Santos» safida ham sermahsul to‘purar emasdi, ammo u doimo gol urishdan boshqa sifatlari bilan ajralib turgan. Uning aqli, doimiy faolligi va to‘psiz harakatdagi mohirligi, boshqa futbolchilarda havas uyg‘otadi. Jorjining mana shu sifatlari «Yuve»ni unga yana imkon berishga undaydi.

Matias Sule (Argentina)

Sule hali «Yuventus»ning yoshlar jamoasida to‘p suradi. Ammo chapaqay hujumchi yaqindagina Argentina terma jamoasiga chaqiruv oldi. U ko‘p ham mashhur emas, lekin jamoa ichida esa hurmatga ega. Uning shiddatkor ruhi va iqtidorli tanasi doimo e’tibor markazida turadi. Sule maydonda o‘ng qanot vingeri vazifasini bajaradi. Chunki u shunga ixtisoslashgan. U raqib jarima maydonchasiga yorib kirib, o‘zi sevgan oyog‘ida zarba berishda yuksaklikka erisha olgan. Sule hujumda mehnat qilib qolmasdan, himoyada ham faol harakat qilishni yaxshi ko‘radi.

Kaiki (Braziliya)

Kaiki Da Silva Shagas, allaqachon muxlislarga qisqacha, Kaiki nomi bilan tanish bo‘lib ulgurgan. Uning tug‘ma qobiliyati va yorqin o‘yinlari «Manchester Siti» mutaxassislarini jalb qiladi. 2003 yilda tavallud topgan hujumchi, hozirda «Manchester Siti» futbolchisi sanaladi. Endigina 18 yoshda bo‘lsa ham, Kaikining qattiq mehnati tez orada mukofotlanishi, Pep uni asosiy tarkibga jalb etishi mumkin.

Metinyo (Braziliya)

Metinyo nomi Yevropa futbol muxlislari orasida endi-endi yangray boshladi. Asl ismi Abemli Meto Silu bo‘lgan Metinyo Kongo Demokratik Respublikasida tavallud topgan. U atigi bir yoshida ota-onasi Braziliyaga ko‘chib keladi. Asli «Fluminense» klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan yarim himoyachi shu yil yozda Fransiyaning «Trua» klubiga ko‘chib o‘tdi. 18 yoshli futbolchining transfer narxi 5 million yevroni tashkil etadi. Unga avvalroq «Manchester Siti» ham qiziqish bilan qaragan. Biroq Metinyoning o‘zi Fransiyaga ketishni afzal ko‘rgan.Futbolchi bu mavsumda faqat bir marta asosiy tarkibda maydonga tushirildi va o‘ylaymizki, uni kelajakda yorqin faoliyat kutib turibdi. O‘zi umuman, biz keltirgan nomlarning barchasi kuzatishga arziydi. Ayniqsa, «Yuventus» futbolchilari Jorji hamda Sulelar hafta so‘ngida maydonga tushirilish ehtimoli yuqori.

Ushbu yosh futbolchilarning tez orada jamoalarida porlashi kutilmoqda. Axir ular Lotin Amerikasi «mahsulot»lari!

 

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: futaa.com
Kiritildi: 21:01, 19.11.2021.
O'qildi: 2832 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик