Yakunlanayotgan haftada Yevropaning top-5 chempionatlarida bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar anonsi bilan tanishing.
Angliya Premyer-ligasi
Angliya Premer-ligasining 12-turining shanba kungi dasturi markaziy o‘yini – “Liverpul” – “Arsenal” uchrashuvi bilan yakunlanadi.
“Liverpul”
Noyabr oyidagi tanaffus oldidan “Liverpul” mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi. Yurgen Klopp shogirdlari “Vest Xem” mehmoni bo‘lib, 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Mersisaydliklar peshqadam “Chelsi”dan 4 ochko ortda qolib, to‘rtinchi o‘ringa tushib ketdi. Shanba kuni “qizillar” “Arsenal” bilan uchrashuvda barchasini boshidan boshlashga harakat qiladi.
“Arsenal”
“Arsenal” bu mavsumi uchta mag‘lubiyat bilan boshladi. Shundan so‘ng Mikel Arteta shogirdlari Premyer-liganing sakkiz turida oltita g‘alaba va ikkita durangni qo‘lga kiritishdi. Ayni damda “kanonirlar” turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda. “Arsenal” shanba kuni to‘rtinchi o‘rindagi “Liverpul”dan ikki ochko tortib olishga harakat qilmadi.
Statistika va raqamlar
- Muhammad Saloh “Arsenal”ga qarshi APL doirasidagi 9ta o‘yinda 9ta ochko qo‘lga kiritgan (7ta gol va 2ta golli uzatma).
- O‘tgan turda “Liverpul” “Vest Xem”ga yutqazib, APLdagi 20 o‘yinlik seriyasiga chek qo‘ydi. Premyer-ligadagi so‘nggi 3 ta mag‘lubiyatning har birida “Liverpul” London jamoalariga imkoniyatni boy bergan.
- “Arsenal” Premyer-liga joriy mavsumida eng uzoq mag‘lubiyatsiz seriyasiga qayd etgan jamoa - 8 o‘yin (6 g‘alaba, 2 durang).
- “Arsenal” Premyer-ligadagi so‘nggi 9 o‘yinning 6 tasida, shu jumladan oxirgi 3 uchrashuvda gol o‘tkazib yubormadi. Agar shanba kuni “kanonirlar” yana gol o‘tkazib yuborishmasa, 2005 yilning may oyidan beri birinchi marta chempionatda gol o‘tkazib yubormasdan, safardagi 4 talik seriya qayd etadi.
Tur doirasidagi qolgan uchrashuvlar
12-tur
20.11.2021
17:30|Lester - : - Chelsi
20:00|Aston Villa - : - Brayton
20:00|Bernli - : - Kristal Pelas
20:00|Nyukasl - : - Brentford
20:00|Norvich - : - Sautgempton
20:00|Uotford - : - Manchester Yunayted
20:00|Vulverxempton - : - Vest Xem
22:30|Liverpul - : - Arsenal
21.11.2021
19:00|Manchester Siti - : - Everton
21:30|Tottenxem - : - Lids
Ispaniya La Ligasi
Ispaniya chempionatining 14-turidan o‘rin olgan o‘yinlardan birida “Barselona” o‘z maydonida “Espanyol”ni qabul qiladi. Xo‘sh, Xavi “ko‘k-anorranglilar” boshqaruvidagi ilk o‘yinda g‘alaba qozona oladimi?
“Barselona”
Ketma-ket to‘rtta omadsiz uchrashuvlardan so‘ng, “Barselona” klubi rahbariyati jamoa murabbiyini almashtirishga qaror qildi. Klubning yangi ustozi sifatida jamoa afsonasiga aylangan Xavi tayinlandi. Endi ispaniyalik murabbiy sifatida sovrinlar uchun kurashishi kerak bo‘ladi. Kuboklar haqida gapirish unchalik o‘rinli bo‘lmasligi mumkin, chunki “Barsa” atigi 17 ochko to‘plagan va 9-o‘rindan joy olgan. Avvalgi to‘rtta uchrashuvda “ko‘k-anorranglilar” ikki marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan va ikki bor durang o‘ynagandi.
“Espanyol”
“Espanyol”da ham 17 ochko bor, biroq ular o‘tkazib yuborilgan gollar tufayli 11-o‘rinda joylashgan. O‘tgan turda “to‘tiqushlar” o‘z maydonida “Granada”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi va shu tariqa 3 o‘yindan iborat mag‘lubiyatli seriyasini to‘xtatdi. Klub joriy mavsumda to‘rtta g‘alabani qo‘lga kiritgan. “Espanyol” hozirgacha 14 ta gol urib, o‘z darvozasidan 13 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Statistika va raqamlar:
- “Barselona” to‘rt turdan beri g‘alaba qozona olmayapti;
- “Espanyol” so‘nggi to‘rt turdan faqatgina bittasida g‘alaba qozondi;
- “Espanyol” “Barselona”ga qarshi ketma-ket 6 o‘yindan beri g‘alabasiz seriya qayd etmoqda.
Tur doirasidagi qolgan uchrashuvlar
14-tur
19.11.2021
Levante - Atletik – 0:0
18:00|Selta - : - Vilyarreal
20:15|Sevilya - : - Alaves
22:30|Atletiko - : - Osasuna
01:00|Barselona - : - Espanyol
21.11.2021
18:00|Xetafe - : - Kadis
20:15|Granada - : - Real Madrid
22:30|Elche - : - Betis
01:00|Real Sosyedad - : - Valensiya
22.11.2021
01:00|Rayo Valyekano - : - Malyorka
Italiya A seriyasi
Italiya A seriyasining 13-turining markaziy uchrashuvi Milanda bo‘lib o‘tadi. Skudetto uchun kurashayotgan jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv qiziqarli bo‘lishi tayin. Biri yuqoridagi o‘z o‘rnini mustahkamlashi, ikkinchisi esa peshqadamlarga yaqinlashish uchun harakat qiladi. Shu sabab, har ikkala jamoaga faqat g‘alaba kerak.
“Inter”
Mezbonlar jadvalning 3-o‘rindan joy olishgan. “Inter” hisobida 25 ochko bor. Milanliklar ikki peshqadam “Napoli” va “Milan”dan 7 ochko ortda qolmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, “neradzurrilar” o‘z maydonida kechgan oxirgi besh o‘yinda 11 ochko to‘plagan va bu ligadagi yettinchi natija hisoblanadi.
Milan klubi tarkibidan Gabriel Brazao va Kristian Eriksen kabi futbolchilar maydonga tushmaydi. Shuningdek, Edin Jeko, Alessandro Bastone, Stefan de Vrey va Arturo Vidalning uchrashuvda qatnashishi so‘roq ostida.
“Napoli”
Neapolliklar A seriyaning ikki peshqadamidan biri. “Milan” bilan birgalikda “Napoli” jamoasi 32 ochko jamg‘argan. Luchano Spaletti shogirdlari mavsum boshidan beri mag‘lubiyatning alamini totib ko‘rishmadi. Statistikaga ko‘ra, Neapol klubi safarda 16 ochko qo‘lga kiritishni uddalashgan va bu ayni damda ligadagi eng yaxshi natija hisoblanadi.
Ertangi bahsda “Napoli”ning ikki futbolchisi maydonga tushmaydi. Bular Kostas Manolas va Kevin Malkyu.
Tur doirasidagi qolgan uchrashuvlar
13-tur
20.11.2021
19:00|Atalanta - : - Spesiya
21:00|Lasio - : - Yuventus
00:45|Fiorentina - : - Milan
21.11.2021
16:30|Sassuolo - : - Kalyari
19:00|Salernitana - : - Sampdoriya
19:00|Bolonya - : - Venesiya
22:00|Inter - : - Napoli
00:45|Jenoa - : - Roma
22:30|Verona - : - Empoli
22.11.2021
00:45|Torino - : - Udineze
Germaniya Bundesligasi
Germaniya Bundesligasining navbatdagi tur uchrashuvlari doirasida ham bir qancha qiziqarli uchrashuvlar bor. 12-turda ikkita juda yorqin jamoa to‘qnash keladi, Dortmundning “Borussiya” klubi o‘z maydonida “Shtutgart”ni qabul qiladi. O‘yin “Signal Iduna Park” stadionida 21 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:30da bo‘lib o‘tadi.
“Borussiya Dortmund”
Juda yorqin bo‘lmagan startdan so‘ng, “asalarilar” o‘z o‘yinini yana tiklab oldi. Myonxengladbaxning “Borussiya” jamoasidan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, bir nechta muhim g‘alabalarni qo‘lga kiritishdi. “Borussiya D” Chempionlar ligasida ikki bor “Ayaks”ga yutqazgan bo‘lsada, o‘z ligasida ishonchli o‘yin ko‘rsatmoqda. Chempionatning so‘nggi turida “sariq-qoralar”ning g‘alabalar seriyasini “Leypsig” to‘xtatdi (1:2).
“Shtutgart”
“Shtutgart” mavsumni unchalik ishonchli tarzda o‘tkaza olmayapti. Bir nechta muhim uchrashuvlarda mag‘lub bo‘lishdi va hozirda turnir jadvalining quyi qismida joylashgan. So‘nggi paytlarda “Shtutgart” futbolchilari ko‘p gol o‘tkazib, umuman g‘alaba qozona olmayapti, bunga bir qator asosiy o‘yinchilarning jarohatlari sabab bo‘lmoqda. Shunday qilib, so‘nggi uchrashuvda shvabiyaliklar o‘z uylarida kamtarona “Arminiya”ni ham mag‘lub eta olmadilar va 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.
Statistika va raqamlar
- Bu jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi o‘yin “Borussiya”ning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.
- “Shtutgart” ketma-ket uchta mag‘lubiyatdan iborat yomon seriya qayd etmoqda.
- “Borussiya D” so‘nggi beshta uchrashuvda atigi ikki marta mag‘lub bo‘lgan.
Tur doirasidagi qolgan uchrashuvlar
12-tur
19.11.2021
00:30|Augsburg – Bavariya – 2:1
20.11.2021
19:30|Arminiya - : - Volfsburg
19:30|Xoffenxaym - : - Leypsig
19:30|Borussiya M - : - Groyter
19:30|Bayer - : - Boxum
19:30|Borussiya D - : - Shtutgart
22:30|Union Berlin - : - Gerta
21.11.2021
19:30|Frayburg - : - Ayntraxt F
21:30|Mayns - : - Keln
Fransiya chempionati
Liga 1 musobaqasida shanba kungi o‘yinlar dasturini qiziqarli uchrashuv ochib beradi. PSJ o‘z maydonida “Nant”ni qabul qiladi. Uchrashuv 20 noyabr kuni “Park de Prens” stadionida bo‘lib o‘tadi, o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.
PSJ
Ushbu mavsumda bo‘lgan katta o‘zgargandan so‘ng, jamoa o‘zi ishtirok etadigan barcha turnirlarda g‘alaba qozonish muammosiga duch keldi. PSJ Chempionlar ligasida hozircha unchalik ishonchli o‘yin namoyish etmayapti. Klubda barqarorlik yo‘q, deb fikr bildirmoqda fransuz OAV. Chempionatda PSJ birinchi o‘rindan joy olgan. Parijliklar faqat bir marta mag‘lub bo‘ldi. Ular oxirgi uchrashuv doirasida “Bordo”ni 3:2 hisobida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.
“Nant”
Mavsum oralig‘ida jamoa transfer bozorida yaxshi ish qildi, yangi darvozabon va yarimhimoyada o‘ynaydigan bir nechta tajribali futbolchilarni qo‘lga kiritdi. Bu esa klubga joriy mavsumni yaxshiroq o‘tkazishga yordam beradi. “Nant” avvalgiga qaraganda yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. So‘nggi turda “Nant” “Strasburg” bilan mehmonda 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Statistika va raqamlar
- Bu jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi o‘yin “Nant”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.
- PSJ so‘nggi besh uchrashuvning faqatgina ikkitasida “Nant”ni mag‘lub etgan.
Tur doirasidagi qolgan uchrashuvlar
14-tur
19.11.2021
01:00|Monako - Lill - 2:2
20.11.2021
21:00|PSJ - : - Nant
01:00|Renn - : - Monpelye
21.11.2021
17:00|Brest - : - Lans
19:00|Trua - : - Sent-Etyen
19:00|Strasbur - : - Reyms
19:00|Mets - : - Bordo
19:00|Anje - : - Loryan
21:00Klermon - : - Nissa
00:45|Lion - : - Marsel
Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.