Frankfurtning “Ayntraxt” klubi hujumchisi Filipp Kostich faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 29 yoshli serb futbolchisi agentini o‘zgartirgan va yangi agentiga o‘zini A Seriyada sinab ko‘rmoqchi ekanligini aytgan. Ma’lum qilinishicha, futbolchiga Italiya chempionatining 3 klubi "Inter", "Lasio" va "Fiorentina" qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsum Kostich "Ayntraxt" klubi uchun 13 o‘yinda maydonga tushib, 2 gol urdi va 5 golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" portali futbolchining narhini 20 million yevroga baholagan.