Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Shuhrat Fayziyev: «So‘nggi turni Olmaliqda AGMKga qarshi o‘tkazamiz, hammasi o‘z qo‘limizda»

Shuhrat Fayziyev: «So‘nggi turni Olmaliqda AGMKga qarshi o‘tkazamiz, hammasi o‘z qo‘limizda»

Baho:
+ | -

Superliganing 25-turidan o‘rin olgan «So‘g‘diyona» - «Nasaf» (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar katta murabbiyi Shuhrat Fayziyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yin qiziqarli kechdi. Hech bir jamoa yutqazishni xohlamadi. Omad kelib, birinchi golni ura oldik. Afsuski, yana penalti orqali gol o‘tkazib yubordik. Bunaqasi mana bir necha o‘yindirki, ro‘y bermoqda. Ikkinchi taymdagi bahsli vaziyatga kelsak, menimcha, to‘p raqib futbolchisining qo‘lga tegdi. Hakam ko‘rdi, biroq penalti bermadi. Bilmadim, bu nima bilan bog‘liq. Ammo baribir imkoniyatimiz saqlanib qoldi. 26-turni Olmaliqda AGMKga qarshi o‘tkazamiz. Barchasi o‘z qo‘limizda.

— Darvozabon nega almashtirildi? Bu rotasiya bilan bog‘liqmi?

— Shunchaki murabbiylar shtabi shunday qarorga keldi. Bizda bir xil darajadagi 2-3 darvozabon bor. Shu bois boshqa posbonimizga ham imkoniyat taqdim etishni istadik.

Manba: https://t.me/fcsogdianajizzak
Kiritildi: 18:33, 20.11.2021.
O'qildi: 1528 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик