Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

De Xea: "Bu "Manchester Yunayted" emas"

De Xea: "Bu "Manchester Yunayted" emas"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xea "Uotford"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. U bu haqda shunday deydi:

"Nima deyishni ham bilmayman. Bugungi o‘yindan so‘ng, gapirish ham noqulay, ochig‘i. Menimcha, bu o‘yinimizni hech qanaqasiga oqlab bo‘lmaydi. Bunda murabbiyni ayblab qo‘yish juda oson. Ammo ba’zida natijada o‘yinchilar aybdor bo‘ladi. Qayerda xato qilganimizni bilmayman. Biz bor kuchimiz bilan harakat qilgandik. Baribir nimadir xato ketgandi. Bugun juda ham yomon o‘yin ko‘rsatdik. Bu uchun muxlislarimizdan kechirim so‘rayman. Bu o‘yin anchadan beri ko‘rsatgan eng yomoni bo‘ladi. "MYU" kabi klub katta sovrinlar uchun kurashishi kerak. Biz esa bu kabi narsalardan juda uzoqqa ketib qoldik. Bu "Manchester Yunayted" emas. Bundan ortiq gap aytish qiyin..."

Kecha "MYU" mehmonda "Uotford"ga qarshi 4-1 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi.

Manba: futaa.com
Kiritildi: 10:08, 21.11.2021.
O'qildi: 3169 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.