Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi bosh murabbiylikka nomzod sifatida "Sevilya" bosh murabbiyi Xulen Loptegining nomzodini ko‘rib chiqmoqda, deya xabar berdi "The Athletic" nashri.
Shuningdek, "Al-Rayyan" bosh murabbiyi Loran Blan ham vaqtinchalik klubni boshqarishi mumkin, deyiladi xabarda.
Avvalroq, "Manchester Yunayted" egasi Joel Gleyzer amaldagi bosh murabbiy Ole-Gunnar Sulsherning iste’foga chiqarilishini ma’qullagani xaqda xabarlarga chiqqan edi.