Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Viktor Jalilov: “Bugungi natija adolatli bo‘ldi”

Viktor Jalilov: “Bugungi natija adolatli bo‘ldi”

Baho:
+ | -

Superliga 25-turidan o‘rin olgan “Andijon” – “Navbahor” (1:2) uchrashuvidan keyin namanganliklar bosh murabbiyi Viktor Jalilov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- “Andijon” va “Navbahor” o‘rtasidagi o‘yinlar har doim jamoalar uchun qiyin kechadi. Natijalarni oldindan aytib bo‘lmaydi. Guvohi bo‘lganingizdek, birinchi davrada biz o‘z maydonimizda yutqazgandik, bugun andijonliklar maydonida g‘alaba qozondik. Lekin bugungi natija adolatli bo‘ldi. Har holda, bizda darvozani ishg‘ol qilish uchun imkoniyatlar ko‘proq bo‘ldi. Kichik ustunlikka erishdik, - deydi Viktor Romanovich.

- “Navbahor” birinchi davradagi mag‘lubiyat alamini olish uchun ham bugun kuchliroq o‘ynadi, deb hisoblaysizmi?

- Har bir jamoaning o‘ziga yarasha maqsadlari bo‘ladi, har bir jamoa o‘yinni kuchaytirishni istaydi. Bu yerda turnir nuqtai nazaridan ham motivasiya bor edi. Bilamizki, hozir “Andijon”ning turnir jadvalidagi ahvoli og‘ir. Elitada jon saqlash uchun kurashyapti. Biz esa 5-o‘rinni egallash uchun harakat qilyapmiz. Shu bois, g‘alaba qozonishga astoydil intildik. Bugun durang qayd etganimizda ham 5-o‘rindan umid uzardik. Hozir esa imkoniyat saqlanib turibdi. Qolaversa, derbi - bu baribir, derbi. Jamoalarimiz o‘rtasidagi o‘yinlar har doim keskin kurashlar ostida o‘tadi. Namangan, Andijon va Farg‘ona jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlar geografik nuqtai nazardan hamisha tomoshabop o‘tadi.

- Murabbiylar shtabi keyingi mavsumda ham “Navbahor”dagi faoliyatini davom ettiradimi?

- Katta ehtimol, davom ettiradi. Shartnomalar bor, majburiyat bor. Umuman olganda, hozir keyingi mavsumda nima bo‘lishini emas, “Qo‘qon-1912”ga qarshi kechadigan o‘yin haqida o‘ylayapmiz.

Manba: Navbahor klubi matbuot xizmati
Kiritildi: 17:35, 21.11.2021.
O'qildi: 1064 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.