Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Sulsher ketdi. “Manchester Yunayted”ning yangi murabbiyi kim bo‘ladi?

Sulsher ketdi. “Manchester Yunayted”ning yangi murabbiyi kim bo‘ladi?

Baho:
+ | -

 “Qizil iblislar” kecha Premyer liga doirasidagi bahsda qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi. Ular mehmonda “Uotford”ga 4-1 hisobida yutqazib qo‘yishdi. Bu voqelikdan so‘ng rahbariyat Sulsherni istefoga chiqardi. Albatta, Olening ketishi anchadan beri kutilayotgan edi. Nihoyat “mankunianliklar” norvegiyalikni ishdan oldi. Endi ularga yangi murabbiy kerak. Stadion.uz sayti bugun “Manchester Yunayted” murabbiyligiga nomzodlar haqida so‘z olib boradi.

   Fletcher va Karrik

Bu nomzodlar “qizil iblislar”ning yangi murabbiyi bo‘lishi imkoniyati bir qadar past ko‘rinsa-da, ularda yaxshi imkoniyat bor. Ulardan biri katta ehtimol Fletcher jamoani boshqarishi mumkin, Maykl esa unga yordam beradi. Negaki, ikki mutaxassis ham avval “Manchester Yunayted”da to‘p surgan va jamoaning afsonalariga aylanib ulgurgan. Jamoa hozir o‘zi istagan murabbiyni olib kelishi bir-muncha qiyin. Ayni damda Yevropa top beshligida kurash avjiga chiqqan va kuchli mutaxassislarning deyarli hammasi ishli. Shunday ekan, jamoa hozir ishsiz murabbiylar orasidan o‘ziga nomzod izlagani ma’qulroq. Jamoani boshqarishi mumkin bo‘lgan Konte ham boshqa jamoada ish boshlagan. Bunga asosiy sababchi bo‘lgan inson Ole edi. Yuqoridagi ikki mutaxassis hozir “Vilyarreal”ga qarshi o‘yin haqida ko‘proq o‘ylashlari kerak. Ularning murabbiy bo‘lishi o‘zlaridan ko‘ra ko‘proq rahbariyat murabbiy topa olmasligiga bog‘liq. Ular sevimli jamoasini Chempionlar ligasida keyingi bosqichga olib chiqish haqida o‘ylayotgan bo‘lsa ajab emas.

  Zinedin Zidan (ishsiz)

Yuqorida deyarli hamma kuchli mutaxassislar ish bilan bandligi haqida aytdik, ammo bir shaxsdan tashqari. Zidan hozirda ishsiz. Lekin u “qizil iblis”larning bosh murabbiyi bo‘lishi ehtimoli u qadar yuqori emas. Ba’zi manbalarning habar berishicha Zidan “Manchester Yunayted”ning taklifini rad etgan. U hali dam olmoqchi ekanligi haqida ham yangiliklar chiqdi. Shunday bo‘lsa-da, Zidan “mankunianliklar” safida ish boshlashi mumkin. Uning ustiga jamoaning yetakchisi Krishtianu Ronaldu avval ham fransiyalik bilan ishlagan va u ko‘ndirishi mumkin. Ole bilan yaxshi chiqisha olmagan yana bir fransiyalikni ham unutmaslik kerak. Balki Pogba Zidan bilan fransuzchasiga gaplashib ko‘rar.

 Brendan Rojers (“Lester”)

 “Tulkilar” ustoziga ham “Manchester Yunayted” rahbariyati tomonidan qiziqishlar bo‘lmoqda. Rojers esa hozircha bu xabarlarga hech qanday munosbat bildirmagan. U ingliz futbolini juda yaxshi biladi va bu “qizil iblislar” uchun ayni muddao. Uning Shotlandiya chempionatida orttirgan tajribasi mahorati oshganligidan dalolat bermoqda. Lekin hozirda uning ishlari besh deb bo‘lmaydi. Negaki uning jamoasi milliy chempionatda 12 pog‘onadan joy olgan. Kecha Rojers shogirdlari o‘z uyida “aristokratlar”dan 0-3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Uning jamoadagi kursisi qimirlagani yo‘q. Hali “tulkilar” rahbariyati unga ishonch bildirishda davom etmoqda. Rojers ham jamoadan ketish istagida deb bo‘lmaydi. U “Manchester Yunayted”ni qay darajada boshqara olishi ikkinchi masala.

Maurisio Pochettino (“PSJ”)

Yuqorida Zidan haqida fikr bildirdik. Ammo fransiyalik “Manchester Yunayted”dan ko‘ra ko‘proq “PSJ”ni boshqarishni istamoqda. Uning ustiga parijliklar Pochettino bilan yaxshi natijalar qayd eta olmayapti. Argentinalik mutaxassis hozirgi klubida o‘z o‘rnini yo‘qotib qo‘yganligi haqida ham ko‘plab xabarlar chiqqan. Parij klubi murabbiyni iste’foga chiqarishi ham mumkin. Ana shunda “mankunianliklar”da yana bir variant paydo bo‘ladi. Pochettino ham ingliz futbolini yaxshi biladi. Jamoa uchun bu yaxshi variant. Lekin, hali Maurisio “PSJ” murabbiyi, agar u iste’foga chiqarilmasa Angliyaga kelishi qiyinroq bo‘ladi.

Yulen Lopetegi (“Sevilya”)

Ispaniyalik mutaxassisning qo‘lida juda ajoyib jamoa yig‘ilgan. Ular hozirda La ligada peshqadamlik qilmoqda. Lopetegi kuchli mutaxassis bo‘lsa-da, uning jamoasi hozirda Chempionlar ligasida guruh bosqichida qolib ketishga yaqin turipti. “Andalusiyaliklar”ning musobaqasi bu Yevropa ligasiligi hammaga ma’lum. Lekin endi oldinga qadam tashlash vaqti keldi. Murabbiy “Manchester Yunayted”ga kelishi ehtimoli mavjud. Negaki, unga grand klub qiziqish bildirmoqda. Lekin Premyer ligada u o‘zini ko‘rsata oladimi?

 

  Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:50, 21.11.2021.
O'qildi: 7375 marta.
Fikrlar: 31 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.