Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

A seriya. “Roma” safarda ishonchli g‘alabaga erishdi. Shomurodov 75 daqiqa harakat qildi

A seriya. “Roma” safarda ishonchli g‘alabaga erishdi. Shomurodov 75 daqiqa harakat qildi

Baho:
+ | -

Italiya A seriyasi 13-turidan olgan “Jenoa” – “Roma” bahsi yakunlandi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda mehmonlar minimal hisobda g‘alaba qozondi. Uchrashuvning dastlabki daqiqalari teng kurashlar ostida boshlandi. Birinchi taym o‘rtalariga kelib, biroz ustunlik “Roma” tomonga o‘tdi va Mourinyo shogirdlari ketma-ket hujum uyushtirdi. Biroq, dastlabki bo‘limda gol urish hech bir jamoaga nasib qilmadi. Ikkinchi taym ham rimliklar ustunligida boshlandi. O‘yinning 74 daqiqasida legioner futbolchimiz zahiraga olindi va uning o‘rniga maydonga tushgan Afena-Gyan 83 daqiqada gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim yakuni arafasida esa yana o‘sha Gyan jarima maydoni tashqarisidan chiroyli gol urib, jamoasiga 2:0 hisobida g‘alaba qozonishiga yordam berdi.


“Jenoa” – “Roma” — 0:2

Gollar: 0:1 – 82 Afena-Gyan, 0:2 – 90+3 Afena-Gyan

Jenoa – Sirigu, Sabelli (Gilyone, 84), Masyello, Biraski (Byanki, 84), Vaskes, Kambyazo, Badel (Galdames, 90), Sturaro (Buksa, 90), Rovella, Pandev (Ernani, 63), Ekuban.

Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Manchini, Kumbula (Smolling, 87), Rojer, Mxitaryan, Veretu, Pellegrini (Bove, 90), Shomurodov (Afena-Gyan, 75), Abraxam, El-SHaaravi.

Ogohlantirishlar: Kambyazo (32), Veretu (40), Badel (54), Sabelli (78), Afena-Gyan (89).

Kiritildi: 02:49, 22.11.2021.
O'qildi: 6450 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик