“Telefoot” nashri xabariga ko‘ra, “Inter” rahbariyati “Lill” hujumchisi Jonatan Devid bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko‘radi. Manba bergan xabarga ko‘ra, “neradzurrilar” vakillari futbolchini o‘tgan mavsumdan buyon kuzatib borishgan.
21 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi va u 35 million yevroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda u Liga 1 musobaqasining 14 o‘yinida 10 ta gol urdi.