Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/10 00:00 Espanyol 0-2 Sevilya
26/10 00:00 Lester 1-3 Nottingem Forest
26/10 16:00 Qizilqum 2-0 Paxtakor
26/10 17:00 Valyadolid 1-2 Vilyarreal
26/10 18:00 Napoli 1-0 Lechche
26/10 18:15 Andijon 1-0 Olimpik
26/10 19:00 Brentford 4-3 Ipsvich
26/10 19:00 Brayton 2-2 Vulverhempton
26/10 19:00 Manchester Siti 1-0 Sautgempton
26/10 19:00 Aston Villa 1-1 Bornmut
26/10 19:15 Rayo Valyekano 1-0 Alaves
26/10 21:00 Bolonya - Milan
26/10 21:30 Las-Palmas 1-0 Jirona
26/10 21:30 Everton 1-1 Fulhem
26/10 23:45 Atalanta 6-1 Verona
27/10 00:00 Real Madrid 0-4 Barselona
27/10 16:30 Parma - Empoli
27/10 17:15 Bunyodkor - So‘g‘diyona
27/10 18:00 Leganes - Selta
27/10 19:00 Lasio - Jenoa
27/10 19:00 Monsa - Venetsiya
27/10 19:00 Chelsi - Nyukasl
27/10 19:00 Vest Xem - Man. Yunayted
27/10 19:00 Kristal Pelas - Tottenhem
27/10 20:15 Xetafe - Valensiya
27/10 21:30 Arsenal - Liverpul
27/10 22:00 Inter - Yuventus
27/10 22:30 Betis - Atletiko
28/10 00:45 Fiorentina - Roma
28/10 01:00 Real Sosyedad - Osasuna
28/10 16:00 OKMK - Neftchi
28/10 18:15 Dinamo - Nasaf

O‘n yillikning o‘nligi. Fantastik darvozabonlar

O‘n yillikning o‘nligi. Fantastik darvozabonlar

Baho:
+ | -

10. Allison Beker

Braziliyalik posbon uzun va murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Ammo uning so‘nggi to‘rt yilda ko‘rsatayotgan o‘yinlarini, shunchaki dahshatli deyish mumkin. U 2018 yilda «Roma» bilan birgalikda YECHLning yarim final bosqichigacha yetib keladi. Eng asosiysi esa, chorak finalda «Barselona» kombek evaziga tor-mor etilgani edi. O‘sha yilning yozida Klopp uni 75 million funt evaziga sotib oladi. Allison bu orqali tarixdagi eng qimmat ikkinchi darvozabonga aylangan(Kepa Arrisabalaga keyinchalik undan o‘tib ketdi). U «Liverpul»ga tashrifini birinchi yilida YECHL, keyingisida esa, APL bosh sovrini qo‘lga kiritadi. Aytgancha, u Braziliya bilan Kopa Amerikada ham zafar quchgan.

9. Petr Chex

Chex Chexiyaning haqiqiy faxriga aylangan futbolchilardan biri. Uni ushbu ro‘yxatga kiritmaslik mumkin emas. Darvozabon so‘nggi o‘n yillik avvalida «Chelsi» bilan YECHL g‘olibi bo‘lgan edi. O‘shanda Chex qo‘shib berilgan daqiqada raqib penalti zarbasini bartaraf etadi va jamoasini g‘alabaga boshlaydi. U o‘z faoliyatining so‘ngini «Arsenal»da o‘tkazadi. Uning oxirgi rasmiy bahsi Yevropa Ligasi finalida «Chelsi»ga qarshi kechgan edi(4-1). Hozirda Chex «Chelsi»da faoliyat olib bormoqda. U jamoasi bilan o‘n yillik so‘ngida faoliyatidagi ikkinchi YECHL finalida g‘olib chiqdi.

8. Iker Kasilyas

Ispaniya afsonasi o‘n yillikni Mourinyo jamoasi bilan boshlagan edi va ligani «Real» bilan 100 ochko to‘plagan holda yakunlaydi. O‘sha yili yozda u Ispaniya termasi bilan Yevropa chempionatiga boradi. Kasilyas turnirning eng yaxshi darvozaboni bo‘lgan holda, Yevropa chempioniga aylanadi. Keyinchalik esa, darvozabon va Maurinyo o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqadi. Biroq, u Anchelotti bilan yana «Real» yetakchisi sifatida Ispaniya kubogi hamda Superkubogini qo‘lga kiritadi. To‘g‘ri, Ikerning ikkinchi besh yillikdagi faoliyati unchalik ham yuqori darajada kechmadi. U «Portu»da bir necha mavsum o‘tkazdi. Keyin esa, sog‘lig‘idagi maummolar sabab, o‘tgan yili futboldan ketganini e’lon qildi.

7. Buffon

Janluiji Buffon o‘ng yillik avvalida nafaqat Italiyada yoki Yevropada, balki butun dunyoda ham yulduz futbolchi edi. U «Yuventus» hamda terma jamoada uzoq yillar barqaror o‘ynab keldi. Xususan, afsonaviy futbolchi oxirgi 9 yilda 8 marta Italiya chempioniga aylandi. Xalqaro maydonda esa Ispaniyaning hamlasi sabab, 2012 yilgi Yevropa hamda 2013 yilgi Konfederasiyalar kubogini boy berib qo‘ydi. Buffon faoliyatinining eng so‘nggi paytlari o‘zining qadrdon jamoasi «Parma»da kechdi. Ushbu klub bundan chorak asr avval Buffon kabi darvozabonni jahon futboliga taqdim etgan edi.

6. De Xea

Belgiyalik darvozabon Kurtuani «Atletiko»ga kelishi, De Xeani «Manchester Yunayted»ga ketishi bilan bog‘liq edi. O‘sha paytda mankunyanliklar ustozi Fergyuson De Xeani Van der Sarga raqobatchi sifatida Madriddan olib kelgandi. Hozirga kelib, o‘n yil davomida «qizil iblislar» safida eng yaxshi harakat qilib kelayotgan futbolchi aynan De Xea bo‘lib qolmoqda. Klub ispaniyalik darvozabonni APLdagi eng yaxshi futbolchi sifatida mavsumlar so‘ngida bir necha bor taqdirlashgan.

5. Tibo Kurtua

Kurtua dekadani «Chelsi»dan «Atletiko»ga ko‘chish bilan boshladi. Simeone kelguniga qadar, darvozabon unchalik ham ko‘zga ko‘rinmagan edi. Ammo argentinalik mutaxassis kelishi bilanoq(3 oydan keyin) Kurtua jahondagi eng yaxshi darvozabonlardan biriga aylandi. U buni «Chelsi»ga qaytishidan sal ilgari, «Bernabeo Kubogi»da isbotlab ketadi. Kurtua «Chelsi» safida Angliya chempioniga aylanadi. U hozirda «Real»ning eng asosiy futbolchisi sanaladi. To‘g‘ri, u 10 yil davomida Belgiya terma jamoasida hech narsa yuta olmagan bo‘lishi mumkin, ammo o‘z klublarida benazirligicha qolmoqda.

4. Ter Shtegen

Ter Shtegen «Barselona» tarixidagi eng yaxshi darvozabonlardan biri bo‘lgan Viktor Valdes o‘rniga olib kelinishi kerak edi. Uning Kataloniyaga kelgan yili Klaudio Bravo asosiy postda edi. Shu sabab, nemis posboni zahirada bo‘lib turdi. Ter Shtegen kelishi bilanoq, 2015 yilda «Barselona» trebl qayd etadi. Keyingi mavsumdan ter Shtegen ishga kirishdi.U so‘nggi besh yilda «Barselona»ning eng asosiy figurasi bo‘lib qolmoqda. Afsuski, Mark-Andre Germaniya terma jamoasida ortiq o‘ynay olmaydi.

3. Keylor Navas

O‘n yillikni ajoyib o‘tkazgan yana bir darvozabonlardan biri bu Navasdir. U dekada avvalida «Levante» klubida zahira darvozaboni bo‘lib o‘tirar edi. Murabbiy Navasni faqat Yevropa ligasi bahslari paytida maydonga tushirgan. Keylor 2014 yilda Kosta-Rika bilan Jahon chempionatida fantastik o‘yin namoyish etadi. Bu esa uni «Real»ga yo‘l olishini ta’minladi. U yerda Navas Kasilyas kabi shuhratga sazovar bo‘ldi. Uch marotaba ketma-ket YECHL sohibiga aylangan darvozabon, ikki yil ilgari «PSJ» tarkibiga borib qo‘shildi. Hozirda esa o‘sha yerda zafarli odimlarini davom ettirmoqda.

2. Yan Oblak

Oblak yillar davomida dunyoning eng yaxshi darvozaboni sifatida e’tirof etilib kelinadi. Bu juda ham to‘g‘ri izoh. U «Atletiko»ning eng mehnatkash futbolchilari qatorida. Diyego Simeone uni hech qachon almashtirmaydi va unga to‘liq ishonadi. Uning erishgan katta yutuqlari qatorida o‘tgan mavsumdagi Ispaniya chempionligi keltirish mumkin. Oblak bunga munosib edi.

1. Manuel Noyer

Ochig‘i, har qanaqasiga qarashingizdan qat’iy nazar, Noyerdan kattaroq yutuqlarga erishgan darvozabonni topa olmaysiz. Hatto, butun futbol tarixida ham. U futbol olamida nimaniki yutish kerak bo‘lsa, barchasini qildi. U 2011 yilda «Shalke 04»dan «Bavariya»ga yo‘l oladi. Mana, o‘n yildirki, Noyer top darvozabon sifatida e’tirof etilmoqda. U ushbu o‘n yil ichida 9 karra Germaniya chempionligini, 7 ta Germaniya kubogini, 2 marta YECHL bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. Orada Jahon chempionatida ham zafar quchib qaytdi. U «Oltin to‘p»ga nomzod futbolchilar ro‘yxatidan joy olgan darvozabonlardan biridir. Noyer mana shunday sovrinlar jamg‘armasi bilan hali-hamon oldinga intilmoqda.

 

 

Jaloliddin ISMATOV

Manba: 90min.com
Kiritildi: 18:44, 22.11.2021.
O'qildi: 3795 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.