Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Van de Bekka kutilmagan taklif bor

Van de Bekka kutilmagan taklif bor

Baho:
+ | -

Gollandiyalik yarimhimoyachi Donni van de Bekning kelajagi sekin-asta oydinlashmoqda. Futbolchi qishki transfer oynasida “Manchester Yunayted”ni tark etishi mumkin, chunki u mankunianliklar tarkibida o‘z o‘rnini topa olmayapti. 

“Todofichajes” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Van de Bek faoliyatini Londonning «Arsenal» klubida davom ettirishi mumkin. Manbaning ta’kidlashicha, futbolchini ham ushbu variant qiziqtirmoqda. “Kanonirlar” avvalroq Donniga qiziqish bildirishgan va gollandiyalik futbolchi muzokaralar olib borishga tayyor.

Manbaga ko‘ra, van de Bek allaqachon “Yunayted” rahbariyatidan ushbu transferga yordam berishni so‘ragan.

Donni o‘tgan yozda “Manchester Yunayted”ga o‘tib, besh yillik shartnoma imzolagan edi. Uning hozirgi qiymati 25 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 14:44, 23.11.2021.
O'qildi: 6504 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик