"Aston Villa" hamda "Man Siti" klublarining sobiq futbolchisi Mayka Richards "MYU" vakili Van-Bissakani himoya qildi. U fikrida shunday deydi:
"Uni APLda o‘ynashini esdan chiqarmasligingiz lozim. Agar har bir o‘yinni statistikasiga, himoya, uzatmalar, hujum hamda pozisiyalar egalloviga e’tibor bersangiz hammasi oydinlashadi. Shu yerda Van-Bissakaning xizmatlari ko‘rinib qoladi. U birga-bir vaziyatda yaxshi himoyachi. Menimcha, u uchtalik himoya sxemasida harakat qilishi lozim. U to‘la himoyada o‘ynashi kerak. Uni qanot himoyasiga qo‘yib, yangishilmoqda. Chunki Van-Bissaka hujumkor unsurlarga ega bo‘lmagan futbolchi. Shunday ekan, u qanotda ozgina o‘zini yaxshi ko‘rsata olmasligi mumkin. Agar u qanotda o‘ynashni davom etsa, bu ortiq ish bermasligi mumkin".
Avvalroq Van-Bissaka harakatlari "MYU" afsonalari Roy Kin hamda Pol Skoulz tomonidan tanqid etilgan edi.