Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

O‘zbekiston kubogida dramatik to‘qnashuv: AGMKning 2ta goli bekor qilindi, «Nasaf» bir kishi kam bo‘lib o‘ynadi va finalga chiqdi

O‘zbekiston kubogida dramatik to‘qnashuv: AGMKning 2ta goli bekor qilindi, «Nasaf» bir kishi kam bo‘lib o‘ynadi va finalga chiqdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi yarim final bosqichi doirasida Olmaliqda bo‘lib o‘tgan AGMK va «Nasaf» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin dramatik tarzda kechdi. Bahsda yuz bergan 5ta muhim voqeaga to‘xtalib o‘tamiz.

1-voqea.
Uchrashuvning 38-daqiqasida hakam mezbonlar darvozasi tomon penalti belgiladi. Husayn Norchayevning zarbasidan keyin to‘p to‘singa tegib, yuqoriga ko‘tarilib ketdi.

2-voqea.
Bahsning 61-daqiqasida "Nasaf" yarim himoyachisi Marko Stanoyevich Jokichga nisbatan qo‘polligi uchun maydondan chetlatildi.

3-voqea.
Qo‘shimcha bo‘limlarning dastlabkisi boshlangan paytda qarshiliklar burchak zarbasini o‘yinga kiritishdi. Himoyachi Alibek Davronov bosh bilan AGMK darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni ochdi.

4-voqea.
Uchrashuvning 110-daqiqasida to‘p "Nasaf" himoyachisining qo‘liga tegdi. Ammo to‘p rekoshet holatida tabiiy holatda turgan qo‘lga tekkani uchun penalti belgilanmadi. Olmliqliklar keyingi hujumda to‘pni darvozaga joylashdi. Sanjar Shoahmedovning zarbasidan keyin to‘pga to‘rga borib tushdi. Ammo takroriy vaziyat shuni ko‘rsatdiki, ofsayd holatda turgan Sardor Rahmonov zarba berilayotgan paytda darvozabonning nigohlarini to‘sib qolgani uchun gol bekor qilindi.

5-voqea.
120+1-daqiqada "Nasaf" qarshi hujum tashkil qildi. Jo‘rabek Mannonov yakkama-yakka vaziyatga chiqib borgan bo‘lsa, darvozabon Valijon Rahimov o‘z jarima maydoni ichida uni yiqitdi. Ammo referi Rahimbek Karimov penalti belgilashga jazm etmadi. Darhol hujumga o‘tgan AGMK darvozani zabt etdi. Ahmadaliyevning zarbasidan keyin to‘p to‘rga borib tushdi. Biroq shundan so‘ng hakam videotakrorni tomosha qildi va golni bekor qilib, maydon egalari darvozasiga penalti belgiladi. Uni Kaluderovich aniq amalga oshirdi — 0:2.

Xato
Hakam qoidabuzarlik uchun Rahimov sariq kartochka berishi kerak edi. Darvozabonda bitta "sariq" borligini  inobatga olganda, u maydondan chetlatilishi kerak edi. Shunda penalti paytida AGMK darvozasini o‘yinchi qo‘riqlashiga to‘g‘ri kelardi. Boisi, Mirjalol Qosimov barcha o‘zgarishlarni qilib bo‘lgandi.

"Nasaf" esa O‘zbekiston kubogi finaliga chiqdi. Ularga "Paxtakor" - "Bunyodkor" o‘yini g‘olibi raqiblik qiladi.

O‘zbekiston kubogi. Yarim final. 17:30.
«AGMK» - «NASAF» - 0:2 (0:0, 0:0, 0:1, 0:1)
Gollar: Alibek Davronov, 94 (0:1), Andriya Kaluderovich, 120+6 pen (0:2)
Noaniq penalti: Husain Norchayev, 38 («Nasaf», to‘sin)
Chetlatish: Marko Stanoyevich, 61 («Nasaf»)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:26, 24.11.2021.
O'qildi: 4043 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.