Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/03 19:00 Dinamo 2-1 Metallurg
29/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
29/03 19:15 Qizilqum - Lokomotiv

PSJda yangi muammolar. Pochettino, Zidan, Mbappe...

PSJda yangi muammolar. Pochettino, Zidan, Mbappe...

Baho:
+ | -

Ko‘rinishidan, PSJ yaqin kunlarda ma’lum o‘zgarishlarni boshdan kechirishlari mumkin. Avvaliga futbolchilar masalasida, keyin murabbiylar boshqaruvida. Aftidan, hujumchi Kilian Mbappe parijliklar safidan ketishni juda ham istamoqda. Shuningdek, Ole-Gunnar Sulsher “Manchester Yunayted” postidan iste’foga chiqarildi. Parijliklar bunga parvo ham qilmasdi, ammo “Old Trafford” egalari avval “Tottenxem” bilan ishlagan, hozir esa Fransiya poytaxtida yulduzli jamoasini boshqarayotgan argentinalik Maurisio Pochettinoni yana APLga qaytarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha: jamoaga kelganiga bir yil o‘tmasdan murabbiy PSJni tark etishi mumkin.

...O‘tgan yozdan boshlab “Real” bosh murabbiyligidan ketgan fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan Ispaniya poytaxtida oila davrasi bilan muammosiz va tashvishlarsiz yashab kelmoqda. U murabbiylik kursisiga qaytishni rejalashtirmagan va shu vaqt ichida uning telefoni ish takliflari bilan bir necha bor jiringlagan. Ulardan biri AQSHdan, MLS klublaridan biridan edi. VVS nashri xabariga ko‘ra, “galaktikos”ning sobiq ustozi unga bir zumda rad javobini bergan, chunki bu uning ambisiyalari va maqomiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. PSJdan ham shunday taklif tushsa boshqa masala! Aytishlaricha, Zidan katta mamnuniyat bilan javob bergan bo‘lardi. Shuningdek, Fransiya terma jamoasining bosh murabbiylik lavozimi ham Zidanga ancha mos variant. Ammo “uch ranglilar” ustozi  Didye Desham kamida 2022 yilgi jahon chempionati yakuniga qadar jamoadan ketmaydi.

“Manchester Yunayted” nafaqat vaqtinchalik murabbiy, balki doimiy ravishda jamoani boshqarishga tayyor murabbiy izlayotganini hech kimga sir emas. Zidan “qizil iblislar” uchun eng ustuvor variant hisoblangan, ammo... Agar mish-mishlar rost bo‘lsa, murabbiyning rafiqasi Zidan oilasining tumanli Albionga ko‘chishiga “zapret” qo‘ygan. Ammo, Parijga emas! Bu yerda vaziyat va unga bo‘lgan munosabat butunlay boshqacha. Qolaversa, nafaqat Zidan xonim, balki murabbiyning o‘zi ham buni xohlaydi.

 

PSJ Zidan bilan dastlabki muzokaralar allaqachon o‘tkazilganini tasdiqlamayapti, ammo uni rad ham etgani yo‘q. Bu tushunarli, chunki shoshqaloqlik qilib bo‘lmaydi, chunki Pochettinoning kelajagiga hali aniqlik kiritilmagan. MYU argentinalik murabbiy uchun 12 million yevro tovon puli to‘lashga tayyor. Biroq, parijliklar lagerida voqealarning bunday rivojlanishini juda xohlashadi. Biroq...
Ular o‘tgan mavsumni yaxshi eslashadi, germaniyalik Tomas Tuxel dekabr oyida ishdan bo‘shatilgan va bahorda “Chelsi” ustoziga aylanib, Chempionlar ligasi bosh sovrinini boshi uzra ko‘targan edi. PSJ uchun bu haqiqiy muvaffaqiyatsizlikka o‘xshab tuyulardi. Shu sabab, ular “Park de Princ”da yana o‘sha xatoni takrorlashni istamayapti.

Biroq, PSJning qatarlik xo‘jayinlari uchun Zidan uzoq vaqtdan beri jamoa uchun kerakli murabbiy bo‘lib kelgani ham hech kimga sir emas. Deyarli har safar parijliklar “Real Madrid”da ishlayotgan paytida fransiyalik murabbiyga “og‘iz solgan”. Ammo har safar turli sabablarga ko‘ra kelishuv amalga oshmagan. Hatto Pochettino Parij klubi boshqaruvida qolishi mumkin bo‘lsa-da, Zinedin Zidan PSJ uchun yana “nishon”ga aylangan.

 

Ikkinchi muammo, Fransiya poytaxtida tug‘ilgan 22 yoshli futbolchi Kilian Mbappe “Santyago Bernabeu” stadioni egalarisharafini himoya qilishni orzu qiladi. Biroq, u hali Madrid klubi bilan hech qanday bitimga imzo chekmagan. PSJga esa Zidandek mutaxassisning kelishi unga parijliklar foydasiga to‘g‘ri yo‘l tanlashda yordam berishi mumkin edi. Hozirda PSJda o‘ynayotgan Keylor Navas, Ashraf Hakimi va Serxio Ramos kabi futbolchilar Zidanningsobiq shogirdi ekanligini ham unutmaslik kerak.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 15:13, 25.11.2021.
O'qildi: 9533 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.