Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ibrohim G‘anixonov: «Mavsumni g‘alaba bilan yakunlash niyatidamiz»

Ibrohim G‘anixonov: «Mavsumni g‘alaba bilan yakunlash niyatidamiz»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 26-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning 21 yoshli mahoratli hujumchisi Ibrohim G‘anixonov bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- “Navbahor” safiga yozgi transferlar davrida qo‘shildim va jamoa tarkibida “Qo‘qon-1912” (13-turdagi), “Turon” hamda “Andijon” jamoalariga qarshi kechgan bahslarda maydonga tushishga muvaffaq bo‘ldim. “Vodiy derbisi” o‘yinlari haqida eshitgandim va haqiqatdanam bunday uchrashuvlarning keskin hamda murosasiz kurashlar ostida o‘tishiga o‘zim bevosita maydonda guvoh bo‘ldim.

Bo‘lajak o‘yin joriy mavsumning so‘nggi bahsi bo‘lishi bilan birga “vodiy derbisi” hamdir. Shu bois, qo‘qonliklar ham ushbu uchrashuvda jamoamizga munosib qarshilik ko‘rsatishga intilishadi.

Shuning uchun bo‘lajak bahs shiddatli hamda murosasiz kurashlarga boy tarzda kechadi, degan umiddaman.

Jamoamiz so‘nggi uchrashuvlarda ijobiy natijalarga erishmoqda. Shuningdek, “Qo‘qon-1912”ni safarda (2:1) mag‘lubiyatga uchratgandik, bundan tashqari, 2-davradagi barcha derbi o‘yinlarida zafar quchdik. Mazkur o‘yinda ham ushbu g‘alabali an’anani davom ettirish niyatidamiz.

Bo‘lajak uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik hamda joriy mavsumni g‘alaba bilan, yaxshi kayfiyatda yakunlash niyatidamiz.

Mazkur o‘yinda stadionga tashrif buyuradigan ishqibozlarning bevosita ruhan va ma’nan qo‘llab-quvvatlashlari, madadi asosida maydonda to‘p tepib, muxlislarga quvonch ulashishga intilamiz hamda g‘alaba qozonish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz. Baxtimizga “Navbahor” ishqibozlari hamisha sog‘ bo‘lishsin", — dedi G‘anixonov.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:00, 26.11.2021.
O'qildi: 1622 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.