Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem 3-1 Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
24/01 19:00 Komo 6-0 Torino
24/01 20:00 Xitoy 0-4 Yaponiya
24/01 20:00 Byornli 2-2 Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem 2-1 Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti 2-0 Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya 3-2 Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina 1-2 Kalyari
24/01 22:30 Sevilya 2-1 Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut 3-2 Liverpul
25/01 00:45 Lechche 0-0 Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal 0-2 Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta
26/01 00:45 Roma - Milan
26/01 01:00 Alaves - Betis

Ravshan Ermatov Andijon va Namangan viloyatlarida futbolni rivojlantirish borasidagi ishlar bilan tanishdi

Ravshan Ermatov Andijon va Namangan viloyatlarida futbolni rivojlantirish borasidagi ishlar bilan tanishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov hududlardagi futbol ommaviyligini oshirish, bolalar-o‘smirlar futbolini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va kelajakdagi istiqbolli loyihalarni muhokama qilish maqsadida Andijon va Namangan viloyatlariga tashrif buyurdi.

Tashrif avvalida Ravshan Ermatov Andijon viloyatdagi akademiyada yoshlar uchun yaratib berilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Mas’ullar bilan bo‘lgan suhbatda bolalar uchun maydonlarni sifatli holatga keltirish, inshootlarning yotoqxona va oshxonalarini zamon talablariga mos ravishda jihozlash, shuningdek, Yevropa akademiyalari kabi barcha talablarga javob beradigan sharoitlarni tashkillashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shundan keyin bolalar-o‘smirlar maktabining faoliyati, infratuzilmasi va mavjud shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Viloyat miqyosida bolalar futbolining infrastrukturasi yuzasidan fikr almashildi.

Mamlakat futbolining ertasi aynan bugungi yoshlarning qanday tarbiyalanishlari, kamol topishlari bilan chambarchas bog‘liq. Shu sababli bolalarimizning kelajagimizdagi o‘rnini his etgan holda ularning muammolariga, to‘qnash keladigan qiyinchiliklariga amaliy va ilmiy-tahliliy ko‘mak berish har birimizning mas’uliyatli vazifamiz hisoblanadi” dedi Ravshan Ermatov.

Uchrashuv davomida kelajakda Andijondan ko‘plab iste’dodli futbolchilar yetishib chiqishi uchun viloyatdagi futbol mahorati maktablarining faoliyatini tizimli va xalqaro standartlar asosida tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. Futbol maktablarida tarbiyalanayotgan bolalar nafaqat jismonan, balki ma’nan ham yetuk bo‘lishi, ularning ta’lim olishi va kitob o‘qishi zarur ekanligi aytildi.

Yosh futbolchilar bilan o‘tkazilgan muloqotda Tojikistonda o‘tkazilgan CAFA U-15 turniri borasida fikr almashildi. Yoshlar, ayniqsa, bolalar ulkan natijalar uchun katta mehnat, intizom va sabr qilishlari kerakligi aytildi. Shuningdek, ularga tengdoshlari kabi terma jamoalar yig‘inlariga jalb etilishlari uchun harakat va tirishqoqlik zarur ekanligi ta’kidlandi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 15:55, 27.11.2021.
O'qildi: 1285 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.