Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Yevropani zabt etgan do‘stlik

Yevropani zabt etgan do‘stlik

Baho:
+ | -

 Roberto Manchini Italiya terma jamoasi bilan Yevropa chempionatining g‘olibiga aylangani va mag‘lubiyatsiz seriya namoyish etgani ko‘pchilikning yodida bo‘lsa kerak. O‘ylashimcha, bu muvaffaqiyatning asosiy masallig‘i murabbiyning darajasida emas, balki Roberto Manchini va “moviy gvardiya” murabbiylar shtabi a’zosi - Janluka Viallining ko‘p yillik do‘stligi, o‘zaro ishonchi va hamkorligidadir?

Nima bo‘lganda ham 80-90 yillar futbolda porlagan ajoyib xujumchilar juftligi birgalikda “buzoqchalar o‘lkasini” qit’ada tengsiz qila oldi. Ular futbolchilikda erisha olmagan sovriniga murabbiy sifatida erishdi. Endi ularning oldida yana bir jiddiy sinov turibdi. Italiya JCH-2022ga yo‘llanma qo‘lga kirita olarmikin?

     Ilk bor Roberto va Janluka 1983 yilda o‘smirlar terma jamoasining Koversiano yig‘inida uchrashishgan. 19 yoshli Manchini terma jamoada bir yil o‘ynab ulgurgan. Vialli esa ilk bor milliy jamoaga chaqiruv olgandi.

"Robertoning o‘yini menga yoqar edi. Biz birinchi marta Koversianoda uchrashganmiz. O‘sha paytda u allaqachon muxlislarning suyuklisiga aylangan edi. U ajoyib o‘yin ko‘rsatar edi”, - deb eslaydi Vialli.

      O‘sha yillarda Italiyaning asosiy termasidan ko‘ra ko‘proq yoshlar jamoasi ko‘plab muxlislarning e’tiborini tortgandi. Ayniqsa, jamoadagi 2 vunderkindning o‘yinlari hammaga manzur kelgan edi. O‘sha paytlarda “Sampdoriya” sharafini himoya qilgan Manchini bir necha bor klub rahbarlariga Viallini sotib olish kerakligini aytgan. Umuman olganda Roberto, o‘zining termadagi sherigi bilan bir klub safida o‘ynashni juda ham xohlagan. 1984 yilga kelib klub xujum chizig‘ini aynan Vialli bilan kuchaytirishga qaror qilgan. 1982 yilda A Seriyaga chiqqan “Sampdoriya” 1984-85 yilgi mavsumda Italiya kubogini qo‘lga kiritgan. E’tiborga molik jihati shundagi, o‘sha finalda“egizak-xujumchilar” raqib darvozasini ishg‘ol etgan. O‘yindan bir kun oldin vunderkindlar kechasi bilan uxlamay final uchun o‘zlarining o‘yin rejasini tuzib olishgandi.  

Futbol olamida “egizaklar” laqabini olgan yigitlarning o‘yin uslubi bir-birinikidan ancha farq qilardi. Manchini ortroqdan xujum yaratar, ba’zan ximoyaga ham ko‘maklashardi. Umuman olganda, u jamoaning yaratuvchisi edi. Vialli esa aksincha, u xujumning eng oldi qismida xarakat qilardi. Uning vazifasi faqat va faqat xujumni gol bilan yakunlash bo‘lgan. Qahramonlarimiz futboldan tashqari hayotda ham doim birgalikda bo‘lgan. Viallining aytishicha, biri boshqasidan kelib chiqqan. Maydonda o‘zaro tushunish do‘stlikni mustahkamladi va teskari ham bo‘lishi mumkin. Ya’ni maydondan tashqaridagi do‘stlik ham maydonda bir-birini so‘zsiz tushunishiga sabab bo‘ladi deb hisoblagan.  

      O‘sha paytlardagi "Sampdoriya" prezidenti hisoblangan Paolo Mantovani: "Agar Manchini maydonga tushmasligini bilsam, men stadionga bormayman", degandi.  Yosh Manchini fidoyi va zukkoligi bilan ajralib turardi - u nozik va chiroyli o‘ynaydi, maydonda aqlli harakatlanadi. U har bir matchda g‘ayritabiiy harakatlari bilan hammani lol qoldirishga qodir edi. 

   1988 yilda Manchini Italiyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, bungacha Vialli bir necha bor chempionat to‘purariga aylanib ulgurgan edi.

1990 yilda ukrainalik yarim himoyachi Aleksey Mixailichenko "Sampdoriya" tarkibiga kelib qo‘shiladi. O‘sha mavsumda jamoa birinchi va oxirgi chempionligini qo‘lga kiritgandi. Lekin, oradan vaqt o‘tgach “egizak xujumchilar” va Mixailichenko o‘rtasida nizolar kelib chiqa boshladi. Italiyaliklar yangi jamoadoshiga yetakchilik qilishiga imkon berishni xohlamadi va bu nizolar “Sampdoriya”ning kelajagiga bir-muncha o‘zining ta’sirini o‘tkazdi. Beluchchi, Katanes va jamoaning yana bir necha a’zosi bu janjallarga aralashib qolishdi. O‘sha paytdagi “Sampdoriya” darvozaboni Manchiniga shunday ta’rif bergandi "Uning qaynoq fe’l –atvori, nafis o‘yin uslubining teskarisi edi”. Chempionlikdan so‘ng Mixailichenko Reynjersga jo‘nab ketdi. Afsuski, bu “Sampdoriya”ning so‘nggi “oltin” mavsumi edi.

Sampdoriya 1991/92 yilgi Chempionlar ligasi finalida "Barselona" ga yutqazdi. Ushbu o‘yin Manchini-Vialli juftligining jamoadagi eng so‘nggi o‘yini edi. Mavsum yakunida Vialli “Yuventus”ga rekord summada transfer qilindi. “Yuventus”dan so‘ng Vialli 1996 yilda Londonning “Chelsi” klubi safiga borib qo‘shiladi va 1999 yilgi mavsumdan keyin o‘z faoliyatini yakunlaganini e’lon qiladi.

Bu orada Manchini 1997 yilgacha “Sampdoriya”da qoladi. Sherigisiz hech qanday yutuqqa erisha olmagach, Rimning “Lasio” klubiga ko‘chib o‘tadi. U yerda 4 mavsum moviy libosda maydonga tushadi va 2001 yilga kelib Angliyaning “Lester” klubi sharafini himoya qiladi. O‘sha yili Manchini “Lester” safida 4 bor maydonga tushadi va do‘sti kabi “Tumanli Albion”da o‘z faoliyatini yakunlashini ommaga e’lon qiladi. 

    Do‘stlar 30 yildan keyin, yana bir ish joyida uchrashishdi. Bu safar murabbiy sifatida. 

 "Biz shunchaki do‘st emasmiz, biz birodarlarmiz. Alohida yo‘llar bilan ketganimizdan keyin ham o‘zaro bir birimizni yaxshi tushunishimiz saqlanib qolgan”, - dedi Vialli Italiya matbuotiga.

    Balki, 30 yil oldingi kabi, Manchini va Vialli kechqurun uchrashib, strategiyalar ishlab chiqishar. Ehtimol, Yevroda “Moviy Gvardiya” tengsiz deb topilishiga sabab shudir? Ikki o‘rtoq uchun yana bedor tunlar yaqin. Negaki ular JCHga chiqish uchun jiddiy yo‘lni bosib o‘tishlari kerak. Bu yo‘lda ularga Portugaliya raqiblik qilishi mumkin.  

                                                            

 Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Kiritildi: 14:38, 29.11.2021.
O'qildi: 4442 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.