Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

«Tottenxem» hali ham cho‘kmoqda. Jamoani o‘zgartirish uchun Konte kimlarni sotib olishi kerak?

«Tottenxem» hali ham cho‘kmoqda. Jamoani o‘zgartirish uchun Konte kimlarni sotib olishi kerak?

Baho:
+ | -

Antonio Konte - ajoyib murabbiy, lekin u futbolchilarga nisbatan juda talabchan. Garchi «Tottenxem»ning tarkibini ochiqchasiga zaif deb atash mumkin bo‘lmasada, italiyalik murabbiyga yangi kadrlar kerak bo‘ladi.

Biz Nunu ishdan bo‘shatilganidan keyin Levining hisobida qancha mablag‘ qolganini bilmaymiz. Chunki u murabbiyni shartnoma tugashidan avvalroq ishdan bo‘shatgani uchun ham anchagina tovon puli to‘ladi. Nunu uchun ham bir nechta transferni amalga oshirgandi. Ammo unda boshqa imkon yo‘q, xarajat qilish muqarrardir. Xo‘sh, jamoaga kimlar kelishi mumkin ?

Dushan Vlahovich

Barcha natijalar «Tottenxem» ushbu futbolchi orqali kuchayishi mumkinligiga ishora qilmoqda. Konte va klub sport direktori Paratichi A Seriyani yaxshi bilishadi va ikkalasi ham «Fiorentina» hujumchisi Dushan Vlahovichni hurmat qilishadi. 2021 yilda Angliyadagi deyarli har bir jurnalist u bilan «shporlar»ni bog‘lab ko‘rdi.

Serbning hisobida 2021 yilda 25 ta gol bor. Bu ligadagi eng yaxshi ko‘rsatkich va faqat Robert Levandovski va Erling Xoland undan ko‘proq gol urishgan. Uning urgan gollari statistikasi Krishtianu Ronaldunikidan ham yuqoriroq.

Serbni sotib olish oson bo‘lmaydi, chunki 21 yoshli hujumchini bir qator klublar kuzatib borishmoqda. Shu bilan birga, «Fiorentina» futbolchisi uchun kamida 80 million yevro so‘ramoqda. Murabbiy Vinchenso Italyano allaqachon o‘z futbolchisini mavsum oxirigacha qo‘yib yuborishni istamasligini e’lon qilgan, ammo u 2023 yilda tugaydigan shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmagani aniq.

Frank Kessye

Frank Kessye uzoq vaqtdan beri Angliyaga ko‘chib o‘tishni o‘ylamoqda. U hatto 2016 yilda «Sanderlend»ga o‘tishga ham tayyor edi, biroq u ish vizasi uchun ruxsatnoma ololmadi.

Kessye 2017 yilda «Atalanta» bilan A Seriyani tom ma’noda zabt etishni boshlab, «Milan»ga o‘tishga muvaffaq bo‘lgan.

24 million yevro uning uchun kulgili summa, endi Kessye Italiya chempionatining eng yaxshi futbolchilaridan biri sifatida o‘yin ko‘rsatmoqda.

«Milan» uchun muammo shundaki, Kessyening shartnomasi mavsum oxirida tugaydi va uni uzaytirish borasida hech qanday o‘zgarishlar yo‘q.

«U ajoyib o‘yinchi va biz allaqachon tushunib yetdikki, tobora ko‘proq futbolchilar boshqa joylarda ancha yuqori maosh olish uchun shartnomalari tugashini kutishni afzal ko‘rishmoqda», dedi «Milan»ning sobiq futbolchisi Massimo Ambrozini Gazette dello Sport nashriga.

Garchi uning agenti futbolchi yiliga 9 million yevro olishni xohlayotganini aytgan bo‘lsa ham unga 6,5 million yevro taklif qilinyapti. Futbolchi bunga rozi emas, lekin hali ham vaqt bor o‘ylab ko‘rish uchun.

Kessye olti haftadan so‘ng boshqa klublar bilan muzokaralarga kirishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Qishda «Milan» uni arzon naxrda sotmaydigan bo‘lsa yozda tekinga qo‘yib yuborishga to‘g‘ri keladi.

Kessye avvalroq «Manchester Yunayted»da o‘ynashni uzoq vaqtdan beri orzu qilgani, ammo «shporlar»ga o‘tishi mumkinligini aytgandi.

Stefan De Vrey yoki Marselo Brozovich

Balki «Tottenxem»ga Kontening tayinlanishidan hamma xursand bo‘lgandir, ammo «Inter»da butunlay boshqacha kayfiyat hukm surmoqda. U yerda muammoli vaziyatlar yuzaga kelgan.

Yakunda Konte ikki mavsum davomida «neradzurri» jamoasining bir nechta a’zolari bilan nihoyatda kuchli muloqatni o‘rnatgano ma’lum bo‘lmoqda. Biroq, «Tottenxem» Alessandro Bastoni, Nikolo Barella va Lautaro Martinesni sotib oladi, degan gap faqat kulgiga sabab bo‘lishi mumkin, xolos.

«Inter» xo‘jayinlari iqtisodiy inqirozdan zarar ko‘rgan bo‘lishi mumkin, ammo Bastoni, Barella va Lautaro yaqinda klub bilan yangi shartnomalar imzoladi va ularning yangi loyihasi uchun asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Beppe Marotta «Tottenxem»ga eng yaxshi o‘yinchilardan birortasini umuman sotmaydi. Chunki uning Parotichi bilan o‘rtasida nizolar bor.

Biroq Skudetto g‘oliblaridan biri Shimoliy London jamoasiga kelishi ham mumkin.

Masalan, Stefan de Vreyning shartnomasi tugashiga 18 oydan sal ko‘proq vaqt qolgan, shuning uchun «Inter» 29 yoshli yarim himoyachi uchun foydali taklif bilan tayyorlashi kerak.

Albatta, De Vrey avvalroq «San-Siro»da Konte o‘rniga kelgan Simone Indzagi qo‘l ostida o‘ynagan, ammo Milanda niderlandiyalik futbolchi jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlar ko‘payib bormoqda.

Marselo Brozovichning shartnomasi bilan bog‘liq holatni ham jiddiy kuzatib borish kerak.

Xorvatiyalik yarim himoyachi Konte qo‘l ostida keskin o‘sdi va Brozovich yomon xulq-atvori va tartibsiz o‘yini uchun qayergadir silkinish haqida o‘ylaganidan keyin bir necha mavsum o‘tib chempionlikni qo‘lga kiritgan jamoaning asosiy bo‘g‘iniga aylandi.

Ilgari Brozovichdan nafratlangan muxlislar endi uni ajoyib chidamliligi va super paslari uchun maqtashadi.

Biroq, Kessye singari, uning shartnomasi ham keyingi yozda tugaydi va u ham klubdan katta maosh talab qilmoqda.

Agar 1 yanvargacha shartnoma tuzilmasa, Brozovich Kontening yangi yilga olishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi sovg‘alaridan biri bo‘lishi mumkin.

Ruslan Maksimov tayyorladi.

Kiritildi: 18:08, 30.11.2021.
O'qildi: 3006 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.