Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Temurxo‘ja Abduxoliqov mavsum yakunlari haqida

Temurxo‘ja Abduxoliqov mavsum yakunlari haqida

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

"Lokomotiv" hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov yakuniga yetgan mavsum haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Nasaf"ga qarshi bahs haqida
- Chiroyli o‘yin guvohi bo‘ldik. Birinchi taym ortda borayotib, ikkinchi bo‘limda vaziyatni o‘ngladik va yakunda 3:1 hisobida g‘alaba qozondik. Qarshiga kelib o‘z o‘yinimizni namoyish etdik, chunki mavsumni chiroyli yakunlab qo‘yishni maqsad qilgandik. O‘ylaymanki, Aziz Amonovning hisobni tenglashtirgan goli o‘yinda tub burilish yasadi.

To‘purarlik uchun kechgan kurash haqida
- Dragan Cheran oxirgi turda maydonga tushmasligini bilardik. U allaqachon 16ta gol urib qo‘ygandi. Men bilan Husayn Norchayev hisobida esa 12tadan gol bor edi. Albatta, men ham to‘purar bo‘lish uchun oxirigacha kurashdim. Yakunda esa 14ta gol bilan ikkinchi bo‘ldim. Lekin "Nasaf"ga qarshi bahs oldidan Norchayev bilan raqobat haqida o‘ylaganim yo‘q. Meni ko‘proq Cheranning 4ta golga o‘zib ketgan o‘ylantirgandi.

Dragan Cheran haqida
- Juda kuchli va mahoratli futbolchi. Futbolni aql bilan o‘ynaydi. Cherandek futbolchini menimcha har bir klub o‘z safida ko‘rishni xohlaydi. U ko‘p gol uradi, o‘yinni ham yaxshi boshqaradi. U bejizga ketma-ket uch yildan beri to‘purar bo‘layotgani yo‘q.

"Lokomotiv"dagi eng yaxshilar haqida
- Bu yil bor kuchimizni namoyish eta olmadik. Shunga qaramay, eng kuchli uch nafar futbolchini aytadigan bo‘lsam, bu - Shuhrat Muhammadiyev, Aziz Amonov va Kaxi Maxaradze.

"So‘g‘diyona" ikkinchi o‘rinni olgani haqida
- Adashmasam, Jizzaxda uch yildan beri deyarli bir xil tarkib o‘ynayapti. Bu esa o‘z mevasini berdi. Qolaversa, Ulug‘bek Baqoyev ham kuchli mutaxassis. Bu mavsum Baqoyev katta ishni amalga oshirdi.

Kelgusi rejalar haqida
- Avvalo yaxshi hordiq chiqarish. Keyin esa yangi mavsum haqida o‘ylay boshlayman. Bundan tashqari eskidan qolgan kichik jarohatlar bor, shularni davolashim kerak.

Manba: Lokomotiv klubi matbuot xizmati
Kiritildi: 19:40, 01.12.2021.
O'qildi: 1495 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик