"Barselona" "Chelsi" himoyachisi Sezar Aspilikuetani o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan.
"Marca" nashri xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi 32 yoshli ispaniyalik futbolchini 2022 yilning yozida, "Chelsi" bilan shartnomasi tugaydigan vaqtda sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Qayd etilishicha, Aspilikueta himoyadagi o‘yini Xaviga yoqmayotgan Serjinyo Destga o‘rinbosar sifatida ko‘rilmoqda.
Ispan joriy mavsumda 15 o‘yinda ishtirok etib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.