Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza 1-2 Lechche
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Dinamo - Mash’al
02/05 19:00 Buxoro - So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid

Davron Fayziyev: Futbol to‘xtagan kun

Davron Fayziyev: Futbol to‘xtagan kun

Baho:
+ | -

Bugun ustoz sharhlovchi Mirzahakim aka To‘xtamirzayevning bir intervyucini ko‘rib o‘tirib muhim faktni aytganlari e’tiborimni tortdi va o‘sha davrni eslashga majbur etdi.

2014 yil, aprel oyi Yevropa Chempionlar ligasi yarimfinal javob o‘yinlari o‘tkaziladigan kunlar. Birinchi kungi yarimfinalni Mirzahakim aka va Murod aka sharhlashdi. Ertasiga ikkinchisini rahmatli Davlat aka va men sharhlashimiz kerak edi. Sharhlay olmadik. Translyasiya bekor qilindi, butunlay to‘xtatildi. Nafaqat Yevropa, balki boshqa ligalar ham efirdan olib tashlandi.

Demak, shu kun, ya’ni 2014 yil 30 apreldan O‘zbekistonda lisenziyasiz translyasiyalar butunlay tugatildi. Undan avval Ligalar va yirik kompaniyalar bu masalaga unchalik e’tibor qaratmasdi, telekanallar esa muxlislar manfaati yo‘lida chempionatlarni lisenziyasiz namoyish etardi. Boshqa tomonini o‘ylamasdik ham.

Tan olish kerak sohamiz uchun uyog‘iga ancha qiyin davr bo‘ldi. O‘zimiz ko‘nikkan va mazza qilib sharhlagan jahon futbolisiz qolganimiz, uni ustiga daromad kamaygani yetmaganidek, muxlislar tomonidan qattiq bosim bo‘lgan. Oradan mana 7 yil o‘tibdi, sport translyasiyalari to‘liq tiklandi. Endi hammasi rasmiy. Bir necha telekanallar muxlislar xohlagan barcha chempionatlarni ko‘rsatmoqda.

Shukur. 2014 yil 30 aprelga o‘xshash kunlar esa boshqa qaytmasin.

Davron Fayziyev.

Manba: https://t.me/Davron_Fayziev
Kiritildi: 11:09, 02.12.2021.
O'qildi: 3870 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик