Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Maksim Shaskix: «Chempionlar ligasida keraksiz o‘yinlar bo‘lmaydi»

Maksim Shaskix: «Chempionlar ligasida keraksiz o‘yinlar bo‘lmaydi»

Baho:
+1 | -

Kiyevning "Dinamo" klubi sobiq hujumchisi Maksim Shaskix Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 6-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan "Benfika"ga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

— "Dinamo" klubi "Benfika"ga qarshi o‘yinga ruhiy jihatdan chog‘lana oladimi?
— "Dinamo" bunday o‘yinga nisbatan ishtiyoq bilan yondoshmasligi mumkinmi? Unda bunday raqiblarga qarshi o‘ynashdan ma’no bormi? Bu bahs nimanidir hal etadimi yoki yo‘qmi, nima farqi bor? Axir klub va har bir futbolchining obro‘si bor. Kurashish kerak. Klub, mamlakat va shaxsan o‘zing uchun kurashib, o‘z darajangni namoyish etishing kerak. Chempionlar ligasida keraksiz o‘yinlar bo‘lmaydi.

Har bir uchrashuv — bu tajriba va o‘z kuchini sinab ko‘rish uchun, Yevropaning nomdor klublari senga e’tibor qartishlari uchun imkoniyat. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas! Mana "Bavariya"ni olib qarasak. Ularga "Barselona"ga qarshi o‘yin nima uchun kerak? Ammo, ishoning, ular kataloniyaliklarga qarshi bahsda muhim o‘yinga chiqqandek harakat qilishadi. Ular mag‘lub bo‘lishadimi yoki 2:0 hisobida oldinda borishadimi, farqi yo‘q, myunxenliklar faqat hujum qilishadi. "Bavariya"ning mentaliteti shunday. Ular boshqacha o‘ynay olishmaydi. "Bavariya"ga g‘alaba uchun beriladigan 3 million yevro hech narsani anglatmasligi mumkin, ammo "Dinamo" uchun bu pullar juda muhim. Ammo pul uchun kurashish ikkinchi planda bo‘lishi kerak. Klub va o‘z obro‘si uchun jang qilish lozim. "Minay" va "Bavariya" bo‘ladimi, kim bilan o‘ynashingning ahamiyati yo‘q", - dedi Shaskix.

Manba: ua-football.com
Kiritildi: 12:14, 02.12.2021.
O'qildi: 3017 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.