Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

«Olimpik» Superligaga chiqdi!

«Olimpik» Superligaga chiqdi!

Baho:
+ | -

O‘zbekiston chempionatining joriy mavsumida 12-o‘rinni egallagan "Mash’al" klubi Pro-ligada 3-o‘rinni band etgan "Olimpik" bilan Superligada qolish uchun kurash olib bordi. Kutilmaganda, Temur Kapadze shogirdlari irodali g‘alabaga erishib, Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Bahsning birinchi bo‘limida jamoalar nisbatan ehtiyotkor namoyish etishdi va hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limning 57-daqiqasida esa olimpiyachilar darvozasi tomon penalti belgilandi va uni Sirojiddin Qo‘ziyev aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan "Olimpik" standart vaziyatdan hisobni tenglashtirdi. Bu vaziyat "Mash’al" posboni va himoyachisi bir-birini yaxshi tushunmasdan, xatoga yo‘l qo‘yishdi. Natijada Otabek Jo‘raqo‘ziyev yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi.

Hisobning tenglashishi Kapadze shogirdlarining ruhiyatini ko‘tarib yuborgan bo‘lsa, muborakliklarni shoshirib qo‘ydi. Bundan esa toshkentliklar unumli foydalanishdi. Uchrashuvning 74 va 77-daqiqalarida Temur Mamasidiqov o‘z imkoniyatlaridan ikki marta unumli foydalanib, hisobni 3:1 ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. Unga ikki safar ham Jiyanov assistentlik qilganini ta’kidlash lozim.

"Mash’al" so‘nggi daqiqalarda vaziyatni o‘nglash maqsadida oldinga tashlandi, ammo golga tortadigan yaqqol vaziyat yarata olmadi. Natijada bir yil avval tashkil etilgan "Olimpik" klubi Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston chempionatlari tarixida ilk marta quyi liga klubi o‘tish bahsida yuqori divizion klubini mag‘lub etib, Superliga chiqdi. "Mash’al" esa kelgusi mavsumni Pro ligada boshlaydigan bo‘ldi.

«Olimpik» – «Mash’al» - 3:1 (0:0)
Gollar: Otabek Jo‘raqo‘ziyev (62), Temur Mamasidiqov (74, 77) — Sirojiddin Qo‘ziyev (57-penalti)
«Olimpik»: 12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 19. Doston Tursunov, 6.Begzod Shamsiyev, 9.Temur Mamasidiqov, 44.SHahzod Toirov, 11.Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 77.Davron Anvarov, 21.Muhammadaziz Ibragimov, 23.Abdurauf Bo‘riyev, 37.Alisher Odilov
«Mash’al»: 35. Dostonbek To‘xtaboyev, 7. Ifeani Ifeani, 9. Oybek Nurmatov, 11. Samuel Chigoze, 15. Muhammadali Aliqulov, 17. Jamoliddin Ubaydullayev, 22. Sirojiddin Qo‘ziyev, 23. Samandar Shukurillayev, 27. Muhammad Yuldashev, 77. Ibrohim No‘monov, 99. Jahongirbek Abdusalomov.
Hakamlar: Rahimbek Karimov, Aleksandr Sidorov, Doniyor Saylalov, Akobirxo‘ja Shukurulloyev
Nazoratchi: Marat Ismailov
VAR hakami: Aziz Asimov
VAR assistent: Baxtiyorxo‘ja Shavkatov
VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko
Komissar: Sardor Qudratullayev.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:55, 02.12.2021.
O'qildi: 3561 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик